Kanada tashqi ishlar vaziri etib Kristya Friland tayinlandi, deb xabar bermoqda National Observer.
Mamlakat bosh vaziri Jastin Tryudo boshchiligidagi vazirlar mahkamasi yangi a'zolarining qasamyod keltirish marosimi 10 yanvarda Ottavadagi Rido-Xoll qarorgohida bo‘lib o‘tdi.
Friland yangi lavozimga tayinlanguncha xalqaro savdo vaziri bo‘lib ishlagan. U oxirgi 24 yil ichida Kanada tashqi ishlar vaziri bo‘lgan birinchi ayol bo‘ldi.
Avvalroq Tryudo vazirlar mahkamasi tarkibini Donald Tramp AQSh prezidenti lavozimini bajarishga kirishgach qayta shakllantirmoqchi ekanligi ma'lum qilingandi.

















