Sizu bizga bu jannatmakon diyorni, buyuk allomalar yurtini Vatan qilib bergan Parvardigorimizga hamdu sanolar, şukronalar bölsin!

Sizu bizga Vatanni sevişni, öz xalqiga, tuğilgan ona yurtiga, diniga sodiq bölişni örgatgan Payğambarimiz sollallohu alayhi vasallamga durudu salavotlarimiz bölsin!

Barçamizga ma'lumki, mustaqil respublikamizning Birinçi Prezidenti Islom Karimovning taşabbusi bilan 1992 yil 14 yanvardan e'tiboran mamlakatimiz hududidagi barça harbiy qismlar, barça harbiy muassasalar davlat tasarrufiga ötkazildi. Ana şu kun Vatan himoyaçilari kuni deb e'lon qilinib, mamlakatimizda umumxalq bayrami sifatida keng nişonlab kelinmoqda.

Vatanparvarlik haqida söz borar ekan, har bir mömin-musulmon inson avvalo bu borada payğambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamning Vatanga bölgan munosabatlarini bilişi lozim. Şu e'tibordan bugun Islom ummatining Vatanga munosabati qanday bölişi kerakligini u zot alayhissalomning namunalarida örganişga harakat qilamiz.

Cuhbatimizning avvalida Alloh subhanahu va taolodan notinç dunyoimizga tinçlik söraymiz, aziz Vatanimizning gullab-yaşnaşini söraymiz, xususan, qurolli kuçlarimizga ham salohiyat söraymiz. Zero, Vatanni himoya qiliş, öz xalqini, oilasini himoya qiliş erkak kişining erkakligini, yigitligini sinaydigan şarafli burçdir. Vatanimizda tuğilib-ösgan har bir er yigitning qurolli kuçlar safida xizmat qilişi Vatan himoyasining ramzidir. Çegarani qöriqlaş Vatanni qöriqlaşdir, bunga doim tayyor turiş har bir Vatan öğlonining qalbiga singib ketgan hissiyot bölişi lozim. Şunday ekan, Alloh subhanahu va taolodan xalqimizning porloq kelajagi, davlatimizning ravnaqini sörar ekanmiz, ayni paytda qurolli kuçlarning salohiyatini ham söraşimiz lozim.

Alhamdulillah, yurtimizda istiqlol şamoli esa boşlagandan buyon çorak asr davomida hayotimizning har bir jabhasi bosqiçma-bosqiç rivoj topib bormoqda. Xususan, ijtimoiy sohada, dinu diyonat, ilm-ma'rifat borasida ham juda köp xayrli işlar amalga oşmoqda. Jamoatga tölib-toşayotgan xonaqohlarimiz, yangi-yangi qurilayotgan va ta'mirlanayotgan muhtaşam masjidlarimiz bunga yorqin misoldir. Alloh taolo bu dorilomon kunlarda yaşaşimizga nimani sabab qildi? Avvalo yurtimizga ato etilgan tinçlik-xotirjamlikni, barqarorlikni sabab qilib berdi. Bu tinçlik, barqarorlik esa Vatan sarhadlarini qöriqlab turgan, tinçligimizni ta'minlab turgan, toat-ibodatlarimizni emin-erkin ado etişimizni kafolatlab turgan qurolli kuçlarimizning, tinçlik posbonlarimizning keçani keça, kunduzni kunduz demay, sergaklik bilan, huşyorlik bilan qilayotgan xizmatlarining samarasidir.

Ammo yoşlarimiz bunday fidokorona xizmat qilişi uçun, Vatanga sodiq bölişi uçun biz mömin-musulmonlar, yurt fuqarolari nima qilişimiz kerak? Bizning vazifamiz – yoş avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş, ularning qalbiga Vatanga muhabbat hissini, şu jannatmakon yurtda tuğilib-ösganidan faxrlaniş tuyğusini singdirişimiz kerak. Şuning uçun bugungi suhbatimizda dinimizda Vatanga munosabat qanday bölişi lozimligi haqida söz yuritmoqdamiz.