Yangi yil keçasi Istanbuldagi tungi klublardan birida qöporuvçilikni amalga oşirgan Abdulqodir Maşaripovni qölga oliş böyiça maxsus amaliyot yakunlandi. Kelib çiqişi özbekistonlik ekani aytilayotgan terrorçi Istanbulning Esonyurt tumanida qölga olingan, deb xabar qilmoqda NTV telekanali.

Xabarlarga köra, Maşaripov qirğizistonlik gumaştasining uyida yaşirinib kelayotgandi. U bu yerga uç kun avval köçib kelgan. “Abu Muhammad Xurosoniy” nomi bilan tanilgan Maşaripovning yonida tört yarim yoşli öğli ham bölgan.
Ta'kidlanişiça, politsiya amaliyoti çoğida terrorçida öqotar qurol bölmagan va qarşilik körsatmagan.
Istanbulning Reina klubida sodir etilgan xunrezlik oqibatida 39 kişi qurbon bölgan, 69 nafari şifoxonaga yotqizilgan edi.
















