Yangi yil keçasi Istanbuldagi tungi klubda terakt uyuştirgan Abdulqodir Maşaripov Afğonistonda tayyorgarlikdan ötgan. Bu haqda şahar gubernatori Vosip Şaxin ma'lum qildi.

Terrorçi uşlandi, söroq davomida öz aybini tan oldi, uning barmoq izlari fojia joyidan olingan barmoq izlari bilan mos keldi, deya aniqlik kiritdi u. Politsiya jinoyatçi bilan birga uçta ayol va iroqlik erkakni qölga olgan. 

Maşaripov Özbekistonda 1983 yilda tuğilgan. U tört tilda bemalol gaplaşa oladi hamda yaxşi tayyorgarlikdan ötgan. Katta ehtimol bilan yirik terrorçilik guruhlariga aloqador, deya ta'kidlab ötdi Şaxin.
 
Turkiya hukumatining taxminiga köra, terrorçi mamlakatga bir yil avval kelib, Istanbulda xonadonlardan birini ijaraga olgan, şundan söng bir neça bor yaşaş manzilini özgartirgan.

Gubernatorning aytişiça, politsiya Maşaripovni uşlaş uçun katta hajmdagi işni bajardi. “Kuzatuv kameralaridagi 7200 soat yozuvlar örganib çiqildi, amaliyotda politsiyaning ikki ming xodimi qatnaşdi. U nafaqat Istanbulda, balki Turkiyaning boşqa şaharlari – Konya, Hatay, Izmirda ham olib borildi. 152 manzil böyiça tintuvlar ötkazilib, 50ga yaqin şaxslar qölga olindi”, - aniqlik kiritdi Şaxin.

Avvalroq Turkiya boş vaziri Binali Yildirim ham jinoyatçi qölga olingani haqidagi ma'lumotni tasdiqlagandi. Uning ta'kidlaşiça, tergov terrorçi ortida qanday kuçlar turganini aniqlaşi lozim.

Xabarlarga köra, Maşaripov qirğizistonlik gumaştasining uyida yaşirinib kelgan. U bu yerga uç kun avval köçib kelgan. 

Istanbulning Reina klubida sodir etilgan xunrezlik oqibatida 39 kişi qurbon bölgan, 69 şifoxonaga yotqizilgan edi. Terakt uçun mas'uliyatni IŞID terrorçilik guruhi öz zimmasiga oldi.