Buyuk Britaniya qiroliçasi Yelizaveta II ning katta öğli şahzoda Çarlz iqlim özgarişi masalaciga bağişlangan kitob yozdi. Bu haqda BBC xabar bermoqda. Kitob 26 yanvardan boşlab sotuvga çiqariladi. U kattalar uçun iqlim özgarişi böyiça boşlanğiç qöllanma bölişi mumkin.

Şahzodaga kitob yoziş ğoyasi 2015 yilda kelgan. U Parijda BMTning iqlim özgarişi böyiça konvensiyasi doirasida taşkil etilgan matbuot anjumaniga taşrif buyurgandi. Çarlz u yerda bu murakkab mavzu böyiça oddiy va tuşunarli adabiyot yöqligiga e'tibor qaratdi.

PENGUIN

Kitob iqlimşunos Emili Şakburg va atrof-muhitni himoya qiliş böyiça mutaxassis Toni Juniper bilan hammualliflikda yozildi. Qölyozma Qirollik meteorologiya jamiyati olimlar jamoasi va yetti nafar iqlimşunos tomonidan körib çiqildi. Şundan söng uni bosmaga topşirişga qaror qilindi.

Şahzoda Çarlz iqlim özgarişi muammosiga birinçi marta e'tibor qaratayotgani yöq. Avvalroq u bunday özgarişlarga işonmaydigan kişilarni “miyasi yöq jöjalar” deb atagandi.

LADYBIRD