Sönggi yillarda haj ziyoratiga boriş istagini bildirganlarning soni oşib borayotganini e'tiborga olib, 2017 yildan özbekistonlik fuqarolar uçun haj kvotasi 7200 nafar qilib belgilandi (ilgari bu körsatkiç 5200 nafar edi). Bu haqda Kun.uz’ga Din işlari böyiça qömita matbuot xizmati xabar berdi.

Özbekiston Respublikasi istiqlolga erişgan kundan boşlab inson huquqlarini kafolatlaş va manfaatlarini himoya qiliş masalalari hukumatimizning doimiy e'tiborida bölib kelmoqda.

Mustaqillik yillarida respublika fuqarolariga muqaddas şaharlarni ziyorat qiliş uçun qulay şaroitlar yaratildi. Istiqlolgaça sanoqli kişilar muborak ziyoratlarga boriş baxtiga muyassar bölgan bölsalar, mustaqillik yillarida minglab fuqarolarimiz umra va haj safarlariga borişga muvaffaq bölmoqdalar.

Ta'kidlaş joizki, islom dini ta'limotlariga köra har bir insonga umrida bir marta haj ziyoratini amalga oşiriş (haj safari davomida umra ziyorati ham bajariladi) farz qilingan. Bunda albatta uning soğlom va iqtisodiy jihatdan yaxşi ta'minlangan bölişi belgilangan. Şuningdek, Payğambarimiz Muhammad (s.a.v.) ham Arabiston yarim orolida yaşagan bölsalarda umrlarida bir marta haj amalini bajarganliklari tarixdan ma'lum.