Özbekiston mustaqillikka erişgandan keyin mamlakatda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantiriş davlat ahamiyatiga molik vazifa etib belgilandi. Özbekiston sporti milliy madaniyatimizning uzviy qismi hisoblanib, u keng xalq ommasini yuksak axloqiy ruhda tarbiyalaşda va salomatligini mustahkamlaşda muhim vositalardan biri bölib qoldi. 

Xalqaro maydonda tarixan qisqa davr içida obro‘ orttirişga ulgurgan mustaqil Özbekiston dunyoga nafaqat qadimiy madaniyat, buyuk mutafakkirlar, olimlar, şoir va sarkardalar tuhfa etgan yurt, balki xalqaro sport olamida ulkan muvaffaqiyatlarga erişgan davlat sifatida ham tanildi. Hozir bemalol aytişimiz mumkinki, Özbekiston sport sohasida yirik davlatga aylanib, boşqa mamlakatlarga köplab yillar kerak bölgan yölni tarixan qisqa muddat içida bosib ötdi.

Özbekiston Milliy olimpiya qömitasining çorak asrlik faoliyatiga nazar taşlar ekanmiz köpgina tarixiy yutuqlar köz oldimizda gavlanadi. Mamlakatimizda Milliy olimpiya qömitasi 1992 yil 21 yanvarda, ya'ni bundan roppa-rosa 25 yil muqaddam taşkil etilgan bölib, 1993 yil sentabr oyida Xalqaro Olimpiya qömitasining 101-sessiyasida rasman tan olingan. Söngra mamlakatimiz sport delegatsiyasi mustaqil Özbekiston nomidan tört yillikning eng nufuzli musobaqalari Olimpiya hamda Osiyo öyinlarida qatnaşiş huquqini qölga kiritdi. 

Özbekiston delegatsiyasi mustaqil jamoa sifatida birinçi marta 1994-yilda Norvegiyaning Lillixammer şahrida ötkazilgan XVII qişki Olimpiya öyinlarida iştirok etgan va ilk urinişdayoq hamyurtimiz Lina Çeryazova fristayl sport turi böyiça barça raqiblarini ortda qoldirib, Olimpiya öyinlarining oltin medaliga sazovor bölgan. Uşbu sovrin mustaqil Özbekiston tarixidan Olimpiya öyinlarining birinçi oltin medali sifatida joy olgan.  

Oradan ikki yil ötib sportçilarimiz yozgi Olimpiya öyinlaridagi iştiroklarini ham boşlab berişadi va 1996-yilda AQŞning Atlanta şahrida taşkil etilgan XXVI yozgi Olimpiya öyinlarida Özbekiston delegatsiyasi endi ikkita medalga sazovor böladi. Armen Bagdasarov dzyudo böyiça kumuş, Karim Tölaganov esa boks böyiça bronza medalini qölga kiritişadi.