9-10 mart kunlari Toşkent şahriga Butunjahon antidoping agentligi (WADA)ning Milliy va Mintaqaviy antidoping taşkilotlari bilan aloqalar böyiça direktor örinbosari Tom Mey va uşbu taşkilotlar bilan aloqa böyiça menejyeri Frantsisko Leon taşrif buyurişdi.
Milliy olimpiya qömitasi matbuot xizmati xabariga köra, mehmonlarni Özbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qömitasi rais örinbosari Farxod Turdiyev va Milliy olimpiya qömitasi boş kotibi Oybek Qosimov kutib olgan.
Xalqaro Olimpiya qömitasi (XOQ) va Butunjahon antidoping agentligi (WADA) 2003 yilning fevralida Antidoping Kodeksi taşkil etilgani haqida rasman e'lon qilgan va bu haqda barça Milliy olimpiya qömitalariga xabar yöllagandi. Keyinçalik, butun dunyodagi Milliy olimpiya qömitalari bu taşabbusni qöllab-quvvatlaşdi va mazkur muhim hujjatni imzolaşga tayyor ekanliklarini bildirişdi.
2003 yilning 3-5 mart kunlari Kopenhagen şahrida bölib ötgan sportda dopingga qarşi kuraş mavzusidagi Konferentsiyada Xalqaro Olimpiya qömitasi, Xalqaro sport federatsiyalari va qator Milliy olimpiya qömitalari vakillari iştirokida antidoping Kodeksi rasman qabul qilingan bölib, u Butunjahon antidoping agentligining dopingga qarşi kuraşiş masalasida aytiş kerakki, birinçi yirik hujjatiga aylandi.
Mazkur Kodeks antidoping siyosatining asosiy yönalişlarini qamrab olgan holda sportda dopingga qarşi kuraşiş böyiça asosiy hujjat hisoblanadi. Bugungi kunda 626ta xalqaro taşkilotlar va 205ta Milliy olimpiya qömitalari uşbu Kodeksni imzolab, uni rasman tan olişgan. Butunjahon antidoping Kodeksi dunyodagi barça antidoping dasturlarini boşqaruvçi asosiy hujjat hisoblanadi. Kodeks doirasida har bir mamlakat maxsus tadqiqotlar va testlar ötkaziş, natijalarni tahlil etiş kabi faoliyatni olib borişi şart.
Bugungi kunda Özbekiston Milliy olimpiya qömitasi Markaziy Osiyo Mintaqaviy antidoping taşkiloti kömagida mazkur dasturlarni amalga oşiriş va xayotga tadbiq etiş uçun mas'ul hisoblanadi. Milliy va Mintaqaviy antidoping taşkilotlari vakillarining Toşkentga taşrifidan közlangan maqsad Özbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qömitasi hamda Milliy olimpiya qömitasi rahbarlari bilan uçraşiş bölib, Özbekistonda Milliy antidoping taşkilotini tuziş imkoniyatlarini muhokama qiliş edi.
Oxirgi paytda Özbekiston sportçilarining xalqaro maydonda erişayotgan natijalari yuksalib borayotganini hisobga olib va ayniqsa sönggi Olimpiya öyinlaridagi özbek sportçilarining zafarli yurişlaridan söng Butunjahon antidoping agentligi (WADA) mamlakatimizda ham mustaqil Milliy antidoping taşkilotini tuziş taşabbusi bilan çiqmoqda. Öz navbatida Özbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qömitasi hamda Milliy Olimpiya qömitasi uşbu taşabbusni qöllab quvvatlaşdi.

















