Parij-2024 öyinlarining xalqaro hamkori Procter & Gamble Olimpiada öyinlarida Özbekiston terma jamoasini qöllab-quvvatlaydi, kompaniya Özbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qömitasi (MOQ) bilan şartnomalar imzoladi. Şuningdek, Parij 2024 öyinlarida Özbekiston şarafini himoya qiladigan ba’zi sportçilar P&G marketing tadbirlarida iştirok etişadi.

P&G kompaniyasining Turkiyadagi boşqaruvi raisi Tankut Turnaoglu şunday dedi:“P&G da biz nafaqat sifatli mahsulotlarni işlab çiqişga e’tibor qaratamiz, şu bilan birga ösiş va yaxşilik uçun kuç bölişga intiluvçi ta’sirli ijtimoiy loyihalarimiz orqali odamlar hayotini yaxşilaşga ham e’tibor qaratamiz. Jamoamiz taşabbuslarini birinçi öringa qöyadigan asosiy yönalişlardan biri bu sportdir, çunki P&G sifatida biz har doim sportning şifobaxş va birlaştiruvçi kuçiga işonamiz.

Olimpiya öyinlari butun dunyo tomoşa qiladigan eng yirik sport musobaqasidir. Global hamkor sifatida biz 2010 yilgi Vankuver qişki Olimpiada öyinlarida Olimpiya xalqalari yonida P&G logotipini debyut qildik va hozirgi kunda eng yaxşi 12 global hamkorlardan biri hisoblanamiz. Bugun biz uşbu hamkorlikni Özbekistonda ham kengaytirayotganimizdan faxrlanamiz, sportning ham jismoniy, ham aqliy rivojlanişi jamiyat taraqqiyoti va soğlom avlodni şakllantirişdagi muhum ahamiyatga egaligini tuşunamiz. Şu bois faoliyat yuritayotgan hududlarda sportçilarni qöllab-quvvatlaş, sport madaniyatini ommalaştiriş uçun barça imkoniyatlarni işga solişga intilamiz. Xalqaro Olimpiya qömitasining jahon hamkori va Özbekistondagi Olimpiya harakatini qöllab-quvvatlagan holda, biz mamlakatimizning sportdagi nufuzini oşirişga hissa qöşmoqçimiz. Işonçimiz komilki 2024 yilda Parijda bölib ötadigan Olimpiada öyinlarida Özbekiston terma jamoasi bizni yuqori natijalari bilan xursand qiladi”.

Öz navbatida, MOQ Boş kotibi Oybek Qosimov bunday hamkorlik mamlakatimizda sportini rivojlantiriş yölidagi ulkan muvaffaqiyat ekanini ta’kidladi: “Bugungi kunda Özbekiston Olimpiya öyinlari va xalqaro musobaqalarda erişayotgan yutuqlari tufayli, Özbekiston jahon sport markazlaridan biriga aylandi. Biz P&G kabi global kompaniyaning homiyligi bilan boğliq barça imkoniyatlarni va mas’uliyatni yuqori baholaymiz. Biz keng ijtimoiy ta’sir uçun siz bilan hamkorligimizning barça imkoniyatlaridan foydalaniş niyatidamiz. Işonamizki, Sizning kompaniyangiz Özbekistondagi Olimpiya harakati ğoyalarini qöllab-quvvatlovçi qudratli kuçga aylanadi. Bizning umumiy ustuvor vazifamiz - bu sportning yordami bilan mamlakatimiz sportçilarining yangi yutuqlari uçun turtki böladi. Bizning hamkorlarimiz ham bizning davomiy rivojlanişimiz va muvaffaqiyatimiz uçun muhim ahamiyatga ega. Biz faxrlanadigan hamkorlarimiz röyxatiga P&G qöşilişi muhim yangilikdir”.