Bugun 23 yanvar kuni poytaxtdagi "International Hotel Tashkent" mehmonxonasida Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan işlab çiqilgan "2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişlari böyiça harakatlar strategiyasi" loyihasining jamoatçilik muhokamasi dasturiga start berildi.

Şuni ta'kidlaş joizki, davlatimiz rahbari tomonidan dolzarb masalalarni kompleks ravişda tahlil qiliş, keng jamoatçilik qatlamlari, ekspertlar şarhi, fikr-mulohaza va takliflarni örganiş maqsadida hujjat loyihasini umumxalq muhokamasiga kiritiş böyiça qaror qabul qilindi. 

Jamoatçilik muhokamasiga bağişlangan media-haftalik dasturi mazmunan ikki qismga bölingan bölib, undan Harakat strategiyasining beşta yönalişi taqdimotlari, ular yuzasidan oçiq muhokama va munozara tarzidagi brifing, matbuot anjumanlari va tok-şoular örin olgan. Tayyorlangan barça mediamateriallar OAV hamda ijtimoiy tarmoqlarga joylaştirib boriladi. 

Joriy yilning "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" deb e'lon qilinişi muhim ahamiyatga ega. Prezidentimiz doimiy ravişda xalq bilan muloqot qilişga qaratilgan Strategiyani qabul qilişdan oldin uni ommaviy-axborot vositalarida e'lon qiliş, butun Özbekiston xalqining qiziqişlarini töla inobatga olinişini ta'minlaş maqsadida aholi örtasida keng muhokamani taşkil etiş zarurligini alohida qayd etdi. 

Rasmiy oçiliş marosimida Özbekiston Respublikasi Senati raisining örinbosari Svetlana Artikova, Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov, Özbekiston elektron ommaviy axbrot vositalari milliy assotsiatsiyasi boşqaruvi raisi Firdavs Abduxoliqov, Özbekiston Respublikasi Adliya vaziri Muzraf Ikromov va uning örinbosari Nodir Jörayev, Özbekiston Respublikasi Moliya vazirining birinçi örinbosari Jamşid Qöçqorov, Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri örinbosari Dilmurod Turdiyev, Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirining birinçi örinbosari Javlon Vahobov iştirok etdi. 

Media-haftalikning birinçi yönaliş taqdimoti: Davlat va jamiyat qurilişi tizimini takomillaştirişning ustuvor yönalişlari. Mazkur yönaliş muhokamasida Özbekiston Respublikasi Adliya vaziri Muzraf Ikromov, Oliy Majlis Qonunçilik Palatasi qömita raisi Ilhom Abdullayev, Oliy Majlis Senatining Qonunçilik va sud-huquq masalalari qömitasi raisining örinbosari, senator Tolibjon Madumarov, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari Nodirjon Muxtorov va Rahimjon Hakimov, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantiriş vazirining birinçi örinbosari Şerzod Şermatov, Özbekiston Respublikasi huzuridagi Davlat boşqaruvi akademiyasi kafedra mudirlari Şerzod Zulfiqorov hamda Oybek Turğunov, şuningdek Xotin-qizlar qömitasi raisi örinbsari Gulnora Ma'rufova qatnaşdi. Tadbir iştirokçilari tomonidan qator takliflar va mulohazalar bildirildi.