Alloh taologa beadad hamdu sanolarimiz, Payğambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamga behisob salavotu durudlarimiz bölsin.
2015 yilning yanvar oyi, 1436 hijriy yilning rabi'ul avval oyi edi. Şu oy munosabati bilan rabi'ul avval oyining yigirma yettinçi kuni, 2015 yil 18 yanvar kuni ertalab soat roppa-rosa 9:30 da ustozimiz şayx hazratlari boşçiliklarida islom.uz portalining majlislar zalida mavlidi şarif tadbiri ötkaziladigan böldi. Hazratning kotibi Foziljon meni ham ustozning nomlaridan mazkur tadbirga taklif qildi. Men bunday tadbir ötkazilayotganidan, unga taklif qilinganimdan juda xursand bölib ketdim, öşa kunni intizorlik bilan kutdim. Nihoyat, rabi'ul avval oyining yigirma yettinçi sanasi ertalab soat 9:15 ga tadbirga yetib bordim.
Ulovimdan endi tuşganimda ustozimiz şayx hazratlari binoga kirib ketayotgan ekanlar. Zinadan kötarilib, majlislar zaliga kirib borganimda hazrat öz joylariga endi ötirgan edilar. Meni ham yonlaridagi örindiqqa taklif qildilar. Ustozning takliflariga e'tiroz bildirmay, körsatgan joylariga ötirdim. Atrofdagi iştirokçilar ham sekin-asta joylariga ötira boşladilar. Bir oz vaqt ötgandan keyin ustoz öng taraflarida ötirgan öğillari Ismoiljonga qarab, «Soat neça böldi?» dedilar. Ismoiljon «9 dan 24 daqiqa ötdi», dedi. Şunda hazrat «Ha, mayli. Ozgina vaqt bor ekan. Kimlar kelmadi?» deb söradilar. Falonçi-falonçilarning kelmagani aytildi. Yana bir oz gaplaşib ötirganimizdan keyin Ismoiljonga qarab, «Endi soat neça böldi?» dedilar. U «9:29», dedi. Hazrat «Mayli, bir daqiqadan keyin boşlaysan», dedilar. Soat roppa-rosa 9:30 bölganda Ismoiljon majlisni boşladi.
Ustozimiz şayx hazratlarining öta tartibli inson ekanlarini hammamiz yaxşi bilamiz. Şaxsan özim ham doimo şu narsaning guvohi bölganman. U zotda biror marta ham loqaydlik, beparvolik yoki bepisandlik körmaganman. U kişi nafaqat özlarining, balki boşqalarning vaqti ham behudaga sovurilişini istamas edilar. Şuning uçun ham vaqtning har bir lahzasini ğanimat bilar, uni bebaho hisoblar edilar. Mazkur tuşunçaga qattiq rioya qilganlari uçun boşqalarni ham ana şunday tartibli, va'daning ustidan çiqadigan, biror narsani bir vaqtga belgilasa, belgilangan vaqtidan keçiktirmasdan, albatta, bajaradigan bölişini yaxşi körar edilar. Bir safar şu haqda qiziqarli bir voqeani ham aytib bergan edilar.
«Germaniyaga borganimizda xizmat yuzasidan poyezdga çiqişimizga töğri keldi. Guruhimiz bilan birga vokzalga keldik. Bir oz turganimizdan keyin karnayda nimadir e'lon qilindi. Nemis tilida bölgani uçun aniq tuşunmadim. Lekin bildimki, e'lon biz çiqişimiz kerak bölgan poyezd haqida edi. Şuning uçun yonimdagi tarjimondan «Nimani e'lon qilişdi?» deb söradim. Tarjimon: «Poyezd bir daqiqa keçga qolar ekan. Şuning uçun uzr söraşyapti», dedi. Şunda men nemislarning nima uçun bu qadar rivojlanib, hammaga örnak böladigan darajaga kötarilganlarini yana bir bor tuşundim».
















