23 yanvar kuni Toşkent şahrida "2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beş yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasi" loyihasining jamoatçilik muhokamasiga doir mediahaftalik boşlandi. Unda davlat hokimiyati va boşqaruv organlari, ekspert va jurnalistlar, jamoat taşkilotlari vakillari iştirok etişdi.

YuNeSKOning Özbekistondagi vakolatxonasi rahbari Krista Pikkat uşbu mediahafta haqida fikr bildirar ekan, şunday dedi:

"Söz erkinligi va ma'lumotlardan erkin foydalanişni ta'minlaş mandatçisi bölgan YuNeSKO vakili sifatida öylaymanki, bu bayramona kun. Barçamiz Prezident va Özbekiston hukumati tomonidan ilgari surilgan Harakatlar strategiyasini kördik. BMT vakili sifatida esa aytişim mumkinki, köpgina jihatlar BMTning yangi belgilangan barqaror rivojlaniş maqsadlariga hamohangdir. Biz buni körişdan juda xursandmiz, albatta. Harakatlar strategiyasining ommaviy debatlar uçun oçiqligi yana bir muhim jihat hisoblanadi. Öylaymanki, fuqarolik jamiyati, xususiy sektor va butun jamiyatdagi hamkorlar öz ovoziga ega bölişi, şuningdek şaxsiy ğoyalar kiritiş va bunda mas'uliyatni his qiliş  uçun imkon beriş muhim. Sönggi, lekin muhim omillardan biri - mazkur maydonning Özbekiston ommaviy axborot vositalari hamda elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi taşabbusi bilan taşkil etilganligida. Öylaşimça, bu ham juda muhim jihat. OAV ustuvor yönalişlar mohiyatini mamlakatdagi har bir kişiga yetkazişga tayyorligini körganimdan xursandman. Taşkilotçilarga öz tabriklarimni yöllayman".