Özbekistondagi Qamçiq dovoni bilan boğliq turli miş-mişlar tarqalayotgani haqida xabar bergandik. Bunday gap-sözlarning köpayişiga Toşkent-Andijon temir yöl qatnovi bekor qilingani ham yanada turtki berdi. Qolaversa turli ijtimoiy tarmoqlarda ham mana şu miş-mişga oid suratlar tarqaldi, turli ma'lumotlar berib borildi.

Facebook’dagi qator guruhlarda esa bir neça suratlar joylaştirildi. Unda Qamçiq dovonida yuk poyezdining halokatga uçragani tasvirlangan.

Internet foydalanuvçilarining yozişiça, Qirğizistonda 23 yanvar kuni yuz bergan yer silkinişi oqibatida kuçli köçki röy berib, Qamçiq dovonidagi temir yölga hamda bu paytda temir yöldan ötayotgan yuk poyezdining ustiga tuşgan.

Öşa kuni Özbekistonda yer osti silkiniş kuçi örtaça 3-4 ballni: Farğonada - 4 ball, Namangan hamda Andijonda - 3 ballni taşkil etgan. Zilzila öçoğida uning magnitudasi 4,5 ballni taşkil qilgandi. Bu ma'lumotni Kun.uz manbasi ham qisman tasdiqladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Qamçiq dovonida qutqaruvçilar otryadlarining keçayu kunduz navbatçiligi taşkil etilgani haqida ham xabar bergandik.
Demak, hozirça Qamçiq dovonida poyezdlar qatnovining töxtatilişi hamda qutqaruvçilar otryadlarining navbatçiligiga Qirğizistondagi zilzila tufayli röy bergan köçki sabab bölgani haqida ma'lumotga egamiz.
Şuni alohida ta'kidlab ötiş lozimki, Özbekistonda hali-hamon biron bir rasmiy taşkilot uşbu vaziyatga izoh bergani yöq.

Toşkent-Andijon temir yölidagi poyezdlar qatnovi qaçondan boşlab qayta yölga qöyilişi hozirça noma'lum.
















