Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Kamilov Yaponiya Taşqi işlar vaziri Fumio Kisidaga maktub yölladi. Bu haqda TIV matbuot xizmat xabar qilmoqda. 

Özbekiston TIV rahbari, Özbekiston va Yaponiya örtasida diplomatik aloqalar örnatilganining 25 yilligi munosabati bilan hamkasbini qutlagan. Abdulaziz Kamilovning mamnuniyat bilan ta'kidlaşiça, ötgan davr mobaynida mamlakatlarimiz örtasida ikki va köp tomonlama munosabatlarning barça jabhalari böyiça 2002 yilda qabul qilingan Döstlik, strategik şeriklik va hamkorlik töğrisidagi qöşma bayonot ruhida oçiq va samarali siyosiy muloqot örnatilgan.

Maktubda qayd etilişiça, 2015 yil oktabr oyida Yaponiya Boş vaziri Sindzo Abening Özbekistonga rasmiy taşrifi muvaffaqiyatli ötişi Özbekiston-Yaponiya munosabatlarining yuqori darajada ekanligini yana bir bor körsatgan hamda savdo-iqtisodiy, moliyaviy-investitsion, ilmiy-texnologik va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni bundan buyon ham rivojlantirişga yangi sur'at baxş etgan.

Şu bilan birga, Özbekiston tomoni mamlakat iqtisodiyoti va ijtimoiy sohasini modernizatsiya qiliş, işlab çiqariş quvvatlarini şakllantiriş, energetika, infratuzilma, telekommunikatsiya va boşqa yönalişlarni rivojlantiriş böyiça yirik loyihalarni amalga oşirişda Yaponiya tomonidan körsatilayotgan yordamni yuqori baholaşi ta'kidlangan. 

Özbekiston taşqi işlar mahkamasi rahbari madaniy-gumanitar sohadagi aloqalar izçil rivojlanayotgani va mustahkamlanayotganini qayd etar ekan, Özbekiston tomoni hamkorlikni, ayniqsa ta'lim, soğliqni saqlaş va turizm sohalaridagi aloqalarni kengaytirişga qiziqiş bildirayotganini ma'lum qilgan.

Abdulaziz Kamilov Yaponiya Özbekistonning sinalgan dösti va işonçli hamkoriga aylanganini qat'iy işonç bilan aytiş mumkinligini ta'kidlaş barobarida, ikki vazirning özaro sa'y-harakati bilan Özbekiston va Yaponiya örtasidagi an'anaviy döstona munosabatlar va startegik şeriklik ikki mamlakat xalqlari farovonligi yölida bundan keyin ham har tomonlama rivojlanişiga umid bildirgan.