Prezident matbuot xizmati xabariga köra, köp qirrali Özbekiston-Yaponiya hamkorligini yanada rivojlantiriş va kengaytirişga doir, şuningdek, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar körib çiqildi.

Yetakçilar mamlakatlar örtasida diplomatik munosabatlar örnatilgani 30 yilligi hamda Özbekiston bilan Yaponiya örtasidagi strategik şeriklik 20 yilligi bilan bir-birini samimiy qutladi.

2019 yil dekabr oyida Tokio şahrida ötgan sammit va oliy darajadagi muntazam muloqotlar ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatidan yangi darajaga olib çiqib, ularni amaliy mazmun bilan boyitgani qayd etildi.

Ma’lum qilinişiça, özaro savdo hajmi ortib bormoqda – joriy yil boşidan tovar ayirboşlaş körsatkiçlari ikki barobarga oşdi. Yaponiya yetakçi kompaniyalarining iqtisodiyotga töğridan töğri investitsiyalari köpaymoqda, iqtisodiyot yuqori texnologik tarmoqlarida köplab yangi qöşma korxonalar taşkil etilmoqda. Energetika quvvatlarini modernizatsiya qiliş va kengaytiriş, sanoatda, şu jumladan maşinasozlik va kimyo tarmoqlarida zamonaviy işlab çiqarişlarni yaratiş, mehmonxonalar infratuzilmasini rivojlantiriş böyiça birgalikda yirik loyihalar amalga oşirilmoqda. Poytaxtda Yaponiyaning birinçi raqamli universiteti faoliyat yuritmoqda.

Davlat rahbari Yaponiya boş vaziri va hukumatiga Yangi Özbekistonda amalga oşirilayotgan islohotlarni har tomonlama qöllab-quvvatlayotgani uçun minnatdorlik bildirdi. Yaponiyaning JICA agentligi va Xalqaro hamkorlik banki – JABIC doirasida körsatilgan moliyaviy va moliyaviy-texnik kömak hajmi 7 milliard dollardan oşgani ta’kidlandi.

Bundan taşqari, hukumat delegatsiyalari joriy yilda ötkazilgan sermahsul uçraşuv va muzokaralarining natijalari yuqori baholandi.

Yetakçilar innovatsiyalar, «yaşil» iqtisodiyot, raqamli texnologiyalar, fan va ta’lim sohalarida amaliy hamkorlikni yanada kengaytiriş va loyihalarni ilgari suriş, madaniy-gumanitar almaşinuv dasturlari va parlamentlararo muloqotni davom ettiriş muhimligini qayd etdi.

Osaka şahrida ötkaziladigan «Ekspo-2025» butunjahon körgazmasida Özbekiston keng miqyosli ekspozitsiyasini taşkil etişga kelişib olindi.

Muloqot çoğida xalqaro kun tartibidagi masalalarga ham töxtalib ötildi.

Yaponiya boş vaziri mamlakat BMT xavfsizlik kengaşiga doimiy a’zo bölişi, Koreya yarimorolini yadroviy quroldan xoli hududga aylantiriş va öğirlangan yapon fuqarolarini qaytariş masalalarida Özbekiston qöllab-quvvatlayotgani uçun minnatdorlik bildirdi.