XXR raisining Moskvaga davlat taşrifining ikkinçi kuni yakunlariga köra Vladimir Putin va Si Jinping matbuot anjumanida qatnaşdi, unda anglaşilişiça, Ukrainadagi uruşni töxtatiş borasida heç qanday kelişuvga erişilmagan – yoki bu şunday kelişuvki, Putin va Si u haqda oçiq gapirmaslikka qaror qilişgan.

Si Jinping uçun bu XXR raisligiga qayta saylanganidan keyingi ilk rasmiy xorijiy taşrif böldi. Rossiya prezidenti esa 17 mart kuni Xalqaro jinoiy sud uni Ukrainaning bosib olingan hududlaridagi bolalarni noqonuniy deportatsiya qiliş doirasidagi işda ayblab, hibsga olişga order berganidan keyingi ilk xorijiy davlat rahbari bilan uçraşuvi edi.

Taşrif davomida xitoyliklar yetakçisi Vladimir Putinni «şu yil öziga qulay vaqtda» Xitoyga borişga taklif etgan. Washington Post gazetasi bu taklifni Rossiyani «qöllab-quvvatlaşni oçiq bildiriş» deb baholagan.

Avvalroq AQŞ Davlat kotibi Entoni Blinken Si Jinpingning Moskvaga taşrifiga munosabat bildirar ekan, Xitoy rahbarini Rossiya jinoyat sodir etişda davom etişi uçun Putinni «diplomatik himoya» bilan ta’minlaşda ayblagandi.

Muzokaralardan keyingi matbuot anjumanida Putin Xitoyning tinçlik rejasini tilga oldi va «Ğarb va Kiyev bunga tayyor bölsa» uşbu rejaning köplab qoidalari Ukrainadagi kelişuv uçun asos bölişi mumkinligini ta’kidladi. BBC bilan suhbatlaşgan ekspertlar xitoyliklar rejasini «qöllaş uçun möljallanmagan» deb baholaşgan.

Si Jinping esa yana bir bor Xitoy BMT Nizomi tamoyillariga amal qilgan holda Ukraina inqirozi böyiça xolis va betaraf pozitsiya tanlaganini ta’kidladi. «Biz hamişa tinçlik va muloqot tarafdorimiz», — deya qayd etdi u.

Kremlda uç soat davom etgan muzokaralardan söng, davlat rahbarlari 14 hujjat va ikki qöşma bayonot – «Yangi davrga qadam qöyayotgan keng qamrovli şeriklik va strategik hamkorlik munosabatlarini çuqurlaştiriş töğrisida» hamda «Rossiya-Xitoy iqtisodiy hamkorligi asosiy sohalarini 2030 yilgaça rivojlantiriş rejasi töğrisida» bayonotlarni imzolagani ma’lum qilindi.

Vladimir Putin Rossiya Xitoyga tabiiy gaz va neft yetkazib beriş hajmini oşirişga tayyorligini aytdi. Uning sözlariga köra, tomonlar «Sila Sibiri–2» gaz quvuri loyihasini ham muhokama qilişgan. RF va XXR örtasidagi hamkorlik, xususan moliya va transport sohalarida bir neça barobar ösib borayotgani haqidagi navbatçi sözlar aytib ötildi. Bundan taşqari, Putin Rossiya Federatsiyasidan Xitoyga göşt va ğalla eksportini sezilarli darajada oşiriş imkoniyatlari mavjudligini ma’lum qildi.