Yamaykalik sprinter Useyn Bolt va uning terma jamoa böyiça şeriklari Nesta Karterning doping-namunasi qayta tekşirilgandan keyin Pekin Olimpiadasi oltin medalidan mahrum etildilar. Bu haqda "R-Sport" xabar bermoqda. 

Karterning namunasida taqiqlangan metilgeksanamin vositasi izlari aniqlangan. Şu sababli 4x100 metrga estafeta natijasi bekor qilindi, yamaykalik sprinterlar esa medallarni qaytarib berişlari kerak böladi. Karterning öziga esa 1,5 yillik diskvalifikatsiya solinişi mumkin.

Bu natija bekor qilingani sababli Bolt 8 karra Olimpiya çempioniga aylandi.

Avvalroq sportçi intervyusida medalni qaytarişga tayyorligini, biroq bundan uning köngli öksişini aytgandi. 

Endi bu oltin medal Trinidad va Tobago terma jamoasiga beriladi, kumuş medallar esa yaponiyalik sportçilarga, bronza medallari esa braziliyaliklarga nasib qiladi.