Tan olinmagan Lugansk xalq respublikasining jamoat, harbiy va siyosiy arbobi Valeriy Bolotov 47 yoşida vafot etdi, deb xabar bermoqda "Novorossiya" axborot agentligi.
LXR rahbariyatiga yaqin bölgan manbaning ma'lum qilişiça, Bolotov özining Moskvadagi kvartirasida vafot etgan. "Dastlabki ma'lumotlarga köra, u infarktga uçragan, biroq hozirça aniq ma'lumot yöq", deb aytgan manba.
Oxirgi vaqtlar Bolotovning yuragi bilan muammolar bölgan, deb aytgan RIA “Novosti” axborot agentligiga tan olinmagan Donetsk xalq respublikasi vazirlar kengaşi raisi Aleksandr Boroday.
Ukrainada davlat töntaruvi bölgandan keyin Bolotov oçiqçasiga Kiyevning yangi rahbariyatiga qarşi turişga çaqirgan. Ukraina şarqidagi noroziliklar vaqtida u Lugansk viloyatidagi Ukraina xavfsizlik xizmati binosini qölga olişda iştirok etgan va "xalq gubernatori" deb e'lon qilingan.
Bolotov may oyida LXR rahbari etib saylangan, biroq avgustda jarohat olgani sababli iste'foga ketgan.
Bolotov oxirgi mahal LXRga gumanitar yordam taşkillaştiriş bilan şuğullangan.













