29 yanvarda 300 mingdan köproq britaniyalik AQŞ prezidenti Donald Trampning Buyuk Britaniyaga amaliy taşrifiga qarşi onlayn-petitsiyani imzoladi. Şu tariqa endi bu arznoma mamlakat parlamentining quyi palatasida körib çiqilişi mumkin.
"Donald Trampning Birlaşgan Qirollikka davlat taşrifiga yöl qöymaslik" deb nomlangan petitsiyani Grem Gest ismli şaxs 29 yanvarda joylaştirgan. Bir neça soat içida petitsiya 100 ming imzo töplagan va bu quyi palatani unda kötarilgan masalani körib çiqişga qabul qilişga majbur qiladi.
Arznoma matnida "Donald Trampga Buyuk Britaniyaga AQŞ ma'muriyati rahbari sifatida kiriş mumkinligi, biroq u rasmiy davlat taşrifi bilan taklif qilinişi kerakmasligi" körsatilgan.
"Donald Tramp musulmonlarga nisbatan taqiqlov, qoçqinlar va ayollar huquqlariga qarşi gaplari bilan bizning umumiy qadriyatlarimizni haqoratlayotgan bir paytda u Buyuk Britaniyaga taklif qilinmasligi kerak. Tereza Mey agar bu davlat taşrifini bekor qilmasa va Trampning harakatlarini qoralamasa britan xalqini ranjitgan böladi. Bu Buyuk Britaniya loyiq bölgan va istayotgan narsadir", deb yozgan Buyuk Britaniyada muxolif hisoblanuvçi Leyboristlar partiyasi yetakçisi Jyeremi Korbin özining "feysbuk"dagi sahifasida hamda tarafdorlarini petitsiyani imzolaşga çaqirgan.
27 yanvarda Meyning AQŞga taşrifi vaqtida Tramp qiroliça Yelizaveta II taklifi bilan joriy yilda Buyuk Britaniyaga kelişini ma'lum qilgandi.

















