Özbekistonda 1991 yilda paxta tolasini qayta işlaş hajmi 7 foizdan oşmagan bölsa, 2016 yilda bu körsatkiç 40 foizgaça ösdi. Bugungi kunda tarmoq korxonalari mahalliy töqimaçilik mahsulotlarini jahondagi 50 dan ziyod mamlakatga eksport qilmoqda. Jumladan, sönggi yillarda Braziliya, Çili, Xorvatiya, Nigeriya kabi davlatlarga yengil sanoat mahsulotlarining eksporti yölga qöyildi. Bu haqda ÖzA yozmoqda.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 2016 yil 21 dekabrdagi  «2017-2019 yillarda töqimaçilik va tikuv-trikotaj sanoatini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari dasturi töğrisida»gi qarori sohada yangi  imkoniyatlar eşigini oçdi.

– Mazkur dastur 2020 yilga qadar yurtimizda yetiştirilgan paxta tolasini töliq qayta işlaş, sanoat mahsulotlari işlab çiqariş va eksport salohiyatini 2,7 barobardan köproqqa oşiriş hamda içki va taşqi bozorga yetkazib berişni nazarda tutadi, – deydi “Özbekengilsanoat” aksiyadorlik jamiyati boşqarma boşliği örinbosari  Sanjar Töxtayev.

Tahlillarga köra, hozir eksportning qariyb 50 foizini ip-kalava taşkil etmoqda. Kelgusida  uning hajmini bosqiçma-bosqiç kamaytiriş hisobiga yarim tayyor va tayyor, yuqori qiymatli mahsulotlarni eksport qilişga ustuvor vazifa sifatida qaralmoqda. Ayni vaqtda tayyor mahsulotlar uluşi umumiy işlab çiqarişning 47 foizini taşkil etayotgan bölsa, istiqbolda 65,5 foizgaça, eksport tarkibidagi uluşi 41 foizdan 70 foizgaça ösişi ta'minlanadi.

Dastur doirasida 2017-2020 yillarda  sohaga 2,2 milliard dollardan ortiq mablağ (şuning deyarli yarmi xorijiy investitsiya) jalb qilinadi. Investitsion  loyihalar tört bosqiçli tizim asosida paxta xomaşyosini qayta işlab, tayyor mahsulotgaça işlab çiqarişga ixtisoslaşgan maxsus töqimaçilik komplekslari va 27 mingdan ortiq yangi iş örni yaratişga xizmat qiladi. Şuningdek, 120 yangi korxonani taşkil etiş va öndan ortiq işlab çiqariş korxonasini modernizatsiya qiliş rejalaştirilgan. Demakki, barça hududlarda töqimaçilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari işlab çiqariş quvvatlari yaratiladi.

Hisob-kitoblarga köra, 2020 yilga borib, paxta tolasidan işlab çiqarilgan ip-kalava mahalliy korxonalarda töliq qayta işlanadi. Natijada töqimaçilik yarim tayyor mahsulotlari eksportining keskin qisqarişiga va taşqi bozorlarga yetkazib berilayotgan tayyor mahsulotlar hajmining 2,1 barobarga oşişiga erişiladi.