Eron mudofaa vaziri Husayn Dehqon mamlakat ballistik raketa sinovini o‘tkazganini tasdiqladi.

«Mudofaa vaziri Eron tomonidan yangi raketa sinovdan o‘tkazilganini tasdiqlaydi», - deya Eronning Tasnim agentligi xabaridan iqtibos keltirgan RIA Novosti.

Avvalroq bir qator OAV Eron yakshanba, 29 yanvar kuni Semnan shahri yaqinida ballistik raketa sinovini o‘tkazgani haqida xabarlar tarqatgandi.