Xitoy 10ta jangovar blokka ega ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi
Xitoy 10ta jangovar blok bo‘lgan DF-5C qit'alararo ballistik raketasini sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda taniqli amerikalik tahlilchi Bill Gertts Pentagondagi manbalarga asosan The Washington Free Beacon saytida xabar berdi.
Raketa Xitoy shimoli-g‘arbidagi Shansi viloyatida joylashgan Tayyuan sinov markazidan uchirilgan. Gerttsning ta'kidlashicha, individual yo‘naltirilgan inert harbiy bloklar sinovi AQSh razvedka xizmatlari tomonidan nazorat qilingan.
Tahlilchining fikricha, Xitoy 10ta harbiy blokli raketani sinovdan o‘tkazib, kelajakda o‘z yadro kuchlarini yanada kuchaytirishi mumkin. Ayni damda XXR raketa qo‘shinlari DF-5A va B modifikatsiyadagi taxminan 20ta raketaga ega. Ularning parvoz masofasi 12 ming kilometrni tashkil etadi. DF-5A raketalari quvvati 4-5 megatonna bo‘lgan monoblok bilan jihozlangan bo‘lsa, DF-5B quvvati 1 megatonnaga yaqin bo‘lgan 3-8 ajraluvchi bosh qismlarini o‘zi bilan olib yuboradi. DF-5’ning boshlang‘ich massasi 180 tonnani tashkil qiladi.
Biroq bunday turdagi raketa bir qator kamchiliklarga ham ega: uning parvozdan avvalgi tayyorgarlik vaqti juda ham uzoq bo‘lib, yoqilg‘i quyish jarayoni 1,5-2 soatga qadar cho‘zilib ketishi mumkin.
Mavzuga oid
16:59 / 18.11.2024
AQShdan Xitoygacha 40 daqiqada: Ilon Mask samolyotlarni raketalarga almashtirmoqchi
12:00 / 30.10.2024
AQSh Davlat departamenti Daniyaga "havo-havo" raketalarini sotishni ma’qulladi
09:20 / 08.10.2024
Odessada RF raketasi fuqarolik kemasiga borib urildi
09:10 / 24.09.2024