YouTube’dagi Art of The Film kanali “Oskar-2017” mukofotiga nomzodi qo‘yilgan filmlarning yo‘nalishi bo‘yicha umumlashtirilgan qisqa roliklarini taqdim etdi.
Jamlanmada, shuningdek, suratga olish maydonchasida tushirilgan tasvirlar ham bor.

 

“Eng yaxshi film” yo‘nalishi bo‘yicha tayyorlangan rolikda «Kelish», «To‘siqlar», «Vijdon amri bilan», «Oy nuri», «Dengiz yaqinidagi Manchester», «Sher», «Qanday bo‘lmasin», «Figurani yashirish» va «La-La Lend» filmining kadrlari jamlangan.

“Eng yaxshi liboslar dizayni” yo‘nalishi bo‘yicha tayyorlangan rolikda «Fantastik maxluqlar», «Ittifoqchilar», «Florens Foster Jyenkins», «Jyeki» va «La-La Lend» filmlarida qo‘llanilgan liboslar jamlangan.

“Eng yaxshi grim va turmak” yo‘nalishi bo‘yicha tayyorlangan rolikda «Uvening ikkinchi hayoti», «O‘z-o‘zini o‘ldiruvchilar otryadi» va «Startrek: Cheksizlik» kartinalaridan parchalar jamlangan.

“Eng yaxshi to‘liq metrajli animatsiya filmi” yo‘nalishi bo‘yicha tayyorlangan rolikda «Kubo», «Moana», «Hayvonlar shahri», «Qizil toshbaqa» va «Qovoqcha hayoti» filmlaridan parchalar va ularning suratga olish jarayoni aks etgan.

“Eng yaxshi original musiqa” yo‘nalishi bo‘yicha tayyorlangan rolikda «Jyeki», «Yo‘lovchilar», «La-La Lend», «Sher» va «Oy nuri» kartinalarida ishlatilgan saundtreklardan foydalanilgan.