Alloh taologa beadad hamdu – sanolarimiz va Payğambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga esa behisob salavotu durudlarimiz bölsin.

Bizga ma'lumki, şifokorlarda «kasalni davolagandan köra, oldini olmoq oson», degan naql bor. Şuning uçun ham ular doimo bemorlarga taşxis qöyganlarida «kasalni ötkazib yuboribsiz, şuni oldinroq kelib tekşirtirsangiz va birinçi alomatlari sezilgandayoq oldini olsangiz bölar edi, mana endi buni davolaş uzoq muddatga çöziladi va qiyinlaşadi», deb aytadi. Haqiqatan ham har qanday illat xoh u jismoniy yoki ma'naviy bölsin öz vaqtida oldi olinib, unga qarşi kuraşilsa, kerakli natijaga erişiş oson böladi. Şuning uçun ham tibbiyot xodimlari, mutaxassislari tomonidan «emlaş» degan davolaş uslublaridan biri, yana ham aniqroq aytadigan bölsak, biror gödak yoki katta kişilarni ham kasallaniş xavfi bölganda uni oldini oliş uçun mazkur kasallikka qarşi kuraşuvçi immunitetni hosil qiladigan dori yuboriladi va bu uslub butun dunyo böyiça kasallikni oldini oliş borasida eng yaxşi va samarali uslubdir. E'tibor beradigan bölsak bu uslub köproq yangi tuğilgan çaqaloqlar yoki maktab yoşiga yetmagan bolalarga nisbatan qöllaniladi. Sababi ular nozik va har qanday illatlardan pok va musaffo xilqatdirlar. Har qanday illat esa odatda nozik va pok narsalarga tez ta'sir qiladi.

Mana şu borada xalqimizning aksariyati, barça aloqa vositalari, xossatan internet yönalişi böyiça tarqatilayotgan buzğunçi yot ğoyalar va mafkuralarga nisbatan nozik va pok xilqatdirlar. Çunki xalqimizning yoşlarida mazkur illatlarga qarşi kuraşiş quvvati umuman yöq yoki öta oz bölişi mumkin. Buning uçun esa yuqorida aytib ötilganidek yoşlarning ongida mazkur illatlarga qarşi kuraşiş immunitetini hosil qiliş uçun ularni ommatan emlaş kerak. Voqelikda esa mana şu emlaşdan yuz ögirilib, «yoşlarning ongi hali şakllanmagan, özlari oq bilan qorani ajratadigan bölib, hayot yölini tanlaş yoşiga yetganida özi ajratib olaveradi, hozir esa ularni har xil ğoyalar va mafkuralar bilan çalğitmaslik kerak» deb kerakli fursat qöldan boy berilmoqda. Albatta, hozirgi kunda bong urib xalqimizni ogohlantirilayotgan yot ğoyalardan biri diniy ekstremistik ğoyalarni tarqatayotgan turli-tuman firqalarning ğoyalaridir.

Bunga qarşi kuraşişni esa bir qança yöllari bor, ulardan:

Birinçi va eng muhimi, hozirgi kunda e'tibor berilmayotgani yoşlarning ongida özlarining dini, e'tiqodiga bölgan ma'lumotlarni töğri, sof va rejali asosda joylaştiriş kerak. Buning uçun esa yoşlarni şifokorlar tomonidan ommatan emlaş yölga qöyilganidek, diniy mutaxassislar tomonidan yoşlarni sof Islom aqiyda va tuşunçalari bilan emlaş kerak. Bu ma'naviy emlaşni esa barça majburiy ta'lim muassasalarida qöllaş eng samarali uslubdir. Aks holda keç böladi. Kasallik rivojlanib, katta jarohatlarni, balki qurbonlarni keltirib çiqaradigan darajaga borganidan keyin unga har xil çora va muolajalarni qöllaşning foydasi bölmay qoladi. Mazkur haqiqatni bir emas, bir neça mamlakatlarning aholisini içida bölayotgan hodisalardan ham bilib olsak böladi.