2017 yilning 25 yanvar kuni Özbekiston avtomobil va daryo transporti agentligida “MAZ” OAJning tijorat direktori A.V.Zaxarçenko hamda “MAZ-TASHKENT” MÇJ XK direktori V.V Jigunov, “IBA Group” kompaniyasining MDH davlatlariga sotiş böyiça direktori G.Molçanov va MDH davlatlari böyiça marketing bölimi boşliği S.Molçanov bilan uçraşuvlar bölib ötdi.

Uçraşuv davomida, “MAZ” OAJ vakillari “Mersedes-Bents” butlaş bazasi asosida işlab çiqarilayotgan MAZ yölovçilar avtobuslarining qisqaça taqdimotini namoyiş etdilar.
Ularning ta'kidlaşlariça, MAZ zavodi tomonidan foydalanişning öziga xos xususiyatlari inobatga olingan holda turli mintaqalarga yetkazib berişni amalga oşiriş uçun maxsus butlangan avtobuslarning işlab çiqarilişi yölga qöyilgan. Xususan, sovuq şimol şaroitida foydalaniş uçun (“şimol şaroitiga moslab” butlaş), janubiy issiq iqlimli mintaqalarga (yölovçilar va haydovçi uçun qulay haroratdagi yuqori darajada maxsus butlangan) va mö'tadil iqlimli mintaqalarga (standart butlangan) avtobuslar.
Ular tomonidan MAZ zavodi Rossiya Federatsiyasining turli mintaqalariga avtobuslarni asosiy yetkazib beruvçilardan biri ekanligi ta'kidlandi. Issiq iqlim va murakkab toğli yöllar şaroitini inobatga olgan holda eng murakkab butlangan avtobuslar Soçi şahri uçun işlab çiqarildi.
Uşbu munosabat bilan, MAZ vakillari Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 10 yanvardagi PQ 2724-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda aholiga avtotransport xizmati körsatiş hamda şaharlar va qişloqlarda avtobuslarda yölovçilarni taşiş tizimini yanada takomillaştiriş Dasturini amalga oşiriş doirasida şahar va şaharlararo yönalişlarda qatnovçi yölovçilar avtobuslari parkini yangilaş borasida yaqindan hamkorlik qilişni taklif etdilar. Belarus tomoni Özbekistonga dizel yonilğisida, kelgusida esa gaz yonilğisida işlovçi (qöşimça talablarni inobatga olgan holda) har qanday yölovçilar texnikasini yetkazib berişga tayyor ekanliklarini bildirişdi.
Uçraşuv davomida Belarus tomoni “IBA Group” kompaniyasi faoliyati haqida qisqaça taqdimotni namoyiş etdi, şuningdek, kompaniya axborot texnoligiyalarini eng yirik integratorlovçi (integrallarni avtomatik ravişda hisoblovçi), işlab çiquvçi, işlab çiqaruvçi va yetkazib beruvçilardan biri ekanligini ta'kidladi.
Vakillarning ma'lumotlariga köra, mazkur kompaniya şahar yölovçilar transportida yurişni va yöl kira haqi tölovini nazorat qilişga möljallangan yöl haqini tölaş va yurişning avtomatlaştirilgan tizimini joriy etiş, kontaktsiz texnologiyalar va bir martalik yöl kartoçkalarini sotiş asosida elektron yuriş hujjatlarini sotiş va töldiriş, şuningdek, jamoat transporti faoliyati haqida ma'lumotlarni yiğiş va statistik tahlil qiliş borasida katta tajribaga ega.
















