Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Reks Ueyn Tillersonni uning Amerika Qöşma Ştatlari Davlat kotibi lavozimiga rasman kirişganligi munosabati bilan tabrikladi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tabrik maktubida Reks Ueyn Tillersonning yangi lavozimdagi köp qirrali faoliyati tinçlik va barqarorlikni mustahkamlaş, xalqlar örtasidagi hamjihatlikni barqaror rivojlantiriş va çuqurlaştirişda har tomonlama kömak berişiga işonç bildirilgan. 

“Özbekiston kelgusida ham Amerika Qöşma Ştatlari bilan hamfikrlilik, özaro hurmat va foyda, bir-birining manfaatlarni hisobga oliş tamoyillariga asoslangan har taraflama hamkorlikni rivojlantiriş hamda savdo-iqtisodiy, investitsiya, texnologiya va gumanitar sohalardagi mustahkamlanib borayotgan şerikçilikni har tomonlama rağbatlantiriş, fuqarolik jamiyatini şakllantiriş masalalari yuzasidan konstruktiv muloqotni tölaqonli qöllab-quvvatlaşga qat'iy ahd qilgan”, - deb ta'kidlanadi tabrik maktubida.