2018 yilning 25 iyul kuni Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Kamilov boşçiligidagi delegatsiya Vaşingtondagi Milliy press-klubda “Özbekistonda diniy erkinliklarning yangi davri” mavzusida maxsus brifing ötkazdi.

TIVning xabar berişiça, Özbekiston delegatsiyasi AQŞ Davlat kotibi Maykl Pompeoning taklifiga binoan Diniy erkinliklarni ilgari suriş masalalariga bağişlangan vazirlar konferensiyasida iştirok etiş uçun Vaşingtonga taşrif buyurdi.
Vazir Abdulaziz Kamilov, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinçi örinbosari Sodiq Safoyev, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi a'zosi va Inson huquqlari böyiça Milliy markaz rahbari Akmal Saidov, Adliya vaziri Ruslanbek Davletov öz nutqlarida Özbekistonning köp asrlik tarixi mamlakatda yaşayotgan turli din va konfessional guruhlarga nisabatan bağrikenglik va hurmat bilan munosabatda bölinganidan darak berişini ta'kidlaşdi.
Xabarda aytilişiça, brifing qatnaşçilariga mamlakatda diniy erkinliklarni ta'minlaş va ma'rifiy islom ğoyalarini tarğib qiliş borasida amalga oşirilayotgan islohotlar töğrisida batafsil ma'lumot berildi.
Özbekiston delegatsiyasi a'zolari Milliy press-klub majlisida iştirok etgan jurnalistlar, ekspertlar, siyosatşunoslarning savollariga ham javob berdi.
Brifingda Amerika tomonidan AQŞ Milliy xavfsizlik kengaşining Markaziy Osiyo böyiça direktori J.Kolbert, Global jalb etiş instituti prezidenti J.Çen, Vaşington Universiteti professori K.Saypl nutq sözlaşdi.
Brifingda şuningdek AQŞ ma'muriyati, Kongress, ekspert-tahlil va işbilarmonlik doiralari, diniy va boşqa nohukumat taşkilotlarning vakillari iştirok etişdi.
















