2019 yilning 8 fevral kuni Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov mahalliy ommaviy axborot vositalari rahbarlari va vakillari bilan uçraşdi.
TIV xabariga köra, vazir jurnalistlarga 2019 yil 19-20 fevral kunlari Toşkentda bölib ötadigan «Markaziy Osiyoda özaro uyğunlik: tahdidlar va yangi imkoniyatlar» mavzusidagi xalqaro konferensiya töğrisida ma'lumot berdi.
Konferensiyaning oçiliş marosimida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev qutlov nutqini sözlaşi kutilmoqda.
Konferensiya davlat rahbari tomonidan belgilangan Özbekiston Respublikasi taşqi siyosatining asosiy ustuvor yönalişlarini amalga oşiriş doirasida ötkazilmoqda.
Konferensiya Özbekiston Taşqi işlar vazirligi va BMTning Markaziy Osiyo uçun preventiv diplomatiya böyiça mintaqaviy markazi tomonidan taşkil etilmoqda.
Forumga Afğoniston, AQŞ,Belgiya, Buyuk Britaniya, Daniya, Eron, Germaniya, Gruziya, Hindiston, Isroil, Ispaniya, Italiya, Qozoğiston, Kanada, Misr, Xitoy, Kuvayt, Ozarboyjon, Qirğiziston, Latviya, Malayziya, Niderlandiya, Pokiston, Polşa, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Tailand, Turkiya, Vengriya, Ukraina, Özbekiston, Finlyandiya, Fransiya, Şvetsiya, Yaponiya tahliliy markazlarning 100 dan ortiq vakillari taklif etilgan bölib, ular mintaqaviy hamkorlikning hozirgi holati va xavfsizlik, savdo, transport, suvdan foydalaniş, ta'lim va ilm-fan sohalarida aloqalarni mustahkamlaş masalalarini muhokama qiladilar.
Tadbirda Yevropa ittifoqi, Şimoliy kengaş, Amerika davlatlari taşkiloti, Arktika maslahatlaşuv kengaşi mintaqaviy tuzilmalari, şuningdek, Jahon banki, Jahon savdo taşkiloti, Yevropa investitsion banki va boşqa xalqaro moliya institutlari vakillari ham iştirok etadi.

















