2017 yilning 13 iyun kuni Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Kamilov boşçiligidagi delegatsiya Aşxobod şahrida bölib ötadigan yuqori darajadagi “Markaziy Osiyo – BMT” muloqotida iştirok etadi. Bu haqida TIV saytida xabar berildi. 

BMT Boş kotibi Antoniu Guterriş raisligidagi forumda Qirğiziston, Qozoğiston, Tojikiston, Turkmaniston va Özbekiston taşqi işlar vazirliklari rahbarlari BMTning Global aksilterror strategiyasini Markaziy Osiyoda amalga oşiriş masalalari va boşqa dolzarb mavzular yuzasidan fikr almaşişadi. 

Ta'kidlaş joizki, BMTning aksilterror strategiyasi taşkilot a'zolari tomonidan 2006 yilning 8 sentabrida qabul qilingan edi. U terrorizmga qarşi kuraşda milliy, mintaqaviy va xalqaro kuçlarni mustahkamlaşga yönaltirilgan hujjat hisoblanadi.