Lianne Kuppens Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining (JSST) Özbekistondagi vakolatxonasiga yangi rahbar etib tayinlandi. 

2017 yil 3 fevralda Özbekiston taşqi işlar vaziri Abdulaziz Kamilov Kuppens xonim bilan uçraşuv ötkazdi, deb xabar berilmoqda vazirlik matbuot xizmatida.

Kuppens xonim Abdulaziz Kamilovga özining tayinlanişi haqida JSST boş direktori Margaret Çenning maktubini topşirdi. 

Kamilov va Kuppens muzokaralar vaqtida Özbekiston va JSST örtasidagi hamkorlikning rivojlaniş holati va istiqbollarini, qöşma loyihalar amalga oşirilişining borişi va Özbekiston soğliqni saqlaş tizimi oldida turgan vazifalar doirasida hamkorlikni kengaytirişning ustuvor yönalişlarini muhokama qilişdi.