Navoiy viloyatida quyonçilikni rivojlantiriş, naslçilik işlarini takomillaştiriş va uşbu yönalişda ixtisoslaşgan köp tarmoqli agrofirmalar taşkil etişga alohida e'tibor qaratilmoqda. Xususan, Karmana tumanidagi “Qörğon dala” agrofirmasida Italiyadan keltirilgan naslli oq velikan zotli quyonlar parvarişlanmoqda. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.
– Ötgan yili may oyida taşkil etilgan xöjaligimizga dastlab 104 zotdor quyon keltirilgan edi, – deydi agrofirma rahbari Alişer Qobilov. – Şu qisqa vaqtda ular soni 2 mingga yetdi. Har bir quyon kamida 15 kilogrammgaça toş bosadi.
Izlanuvçan fermer naslli quyonlarni parvarişlaş sirini qisqa fursatda özlaştirdi. Xona harorati mö'tadilligini ta'minlab, vaqti-vaqti bilan havosini almaştirdi. Kiçik laboratoriya taşkil etib, quyonlarni sun'iy urçitişni yölga qöydi. Agrofirma rahbarining ta'kidlaşiça, quyonlar 28 kunda 15 tagaça bolalaydi.
Quyonlar olinadigan mahsulotga qarab ikki guruhga ajratiladi – göşt uçun, terisi uçun. Göştining biologik qiymati, yumşoqligi, yoğ va xolesterin moddasi kamligi hisobga olinib, tibbiyotda allergiya, gipertoniya, oşqozon-içak, me'da, öt-pufak, jigar kasalliklarini davolaşda foydalaniladi. Quyon momiğidan tayyorlangan aşyolar davolovçi xususiyatga ega bölib, nevrologiya, radikulit bilan oğrigan bemorlarga tavsiya etiladi. Quyon momiği issiqni saqlaş xususiyatiga köra qöy junidan 10 barobar afzaldir.
“Mikrokreditbank”ning viloyat filialidan olingan 250 million söm imtiyozli kredit hisobidan iş boşlagan tadbirkor endilikda quyonlar sonini 50 mingtaga yetkazib, xorijdan quyon göştini qadoqlaş texnologiyasi keltirişni möljallamoqda, terisini eksport qilişni rejalaştirayotir.












