Navoiy şahrida Özbekiston suziş federatsiyasining hisobot-saylov konferensiyasi bölib ötdi. Yiğilişda 2013–2016 yillar davomida amalga oşirilgan işlar yuzasidan Federatsiya rahbariyati hamda boş murabbiylarning hisoboti tinglandi. 

MOQ matbuot xizmati xabarida ötgan tört yil davomida suziş, suv polosi, sinxron suziş va suvga sakraş turlari böyiça mamlakat sportçilari köplab xalqaro turnirlarda, Osiyo öyinlari va qit'a çempionatlarida vatan şarafini himoya qilib, sovrindorlar safidan örin egallaşgani, şu bilan birga Özbekistonda ham qator içki va xalqaro musobaqalar yuqori saviyada taşkil qilinib, yangidan-yangi iqtidorlar safi kengayib borayotgani ta'kidlangan. 

Konferentsiyada Özbekiston suziş federatsiyasi raisi, Senator Quvondiq Sanaqulov sözga çiqib, 2013-2016 yillar davomida suv sport turlari böyiça erişilgan muvaffaqiyatlar bilan birga, murabbiylar tomonidan yöl qöyilgan xato va kamçiliklar, ularni bartaraf etiş çoralari hamda istiqboldagi rejalar xususida atrofliça töxtalib ötdi. Federatsiya rahbari öz nutqida suv sporti turlarini mamlakatimizda yanada rivojlantiriş, ayniqsa kelajagimiz egalari bölgan yoşlar orasida ommaviylik darajasini yuksaltiriş masalasiga alohida urğu berdi.  

«Bizning oldimizda turgan asosiy vazifalardan biri butun Respublikamiz böylab seleksiya işlarini yanada kuçaytiriş, viloyat va tumanlardagi suv sport turlari böyiça faoliyat körsatib kelayotgan mutaxassislarning tajriba va mahoratini oşiriş yölida doimiy ravişda murabbiylik va hakamlik seminarlarini taşkil etiş, şuningdek, mamlakatimizdagi mavjud suziş havzalarini yil davomida uzluksiz faoliyat körsatişi va mavjud muammolarni bartaraf etiş böyiça Madaniyat va sport işlari vazirligi va viloyat hokimliklariga takliflar kiritişimiz zarur. Fursatdan foydalanib 2013-2016 yillar davomida federatsiyaga körsatgan fidokorona yordami uçun «Özmetkombinat» AJ rahbariyatiga alohida minnatdorçilik bildiraman», - dedi Q.Sanaqulov. 

Yiğilişda joriy yilning sentabr oyida Toşkent şahrida suv sport turlari böyiça 9-Osiyo çempionati bölib ötişi rejalaştirilgani va mazkur sport tadbiri yurtimizda ilk bor ötkazilişini inobatga olgan holda, unga har tomonlama samarali tayyorgarlik köriş va sportçilarimiz tomonidan yuqori natijalarni qölga kiritiş maqsadida, Osiyo çempionatida iştirok etadigan terma jamoamiz a'zolarini qat'iy nazoratga oliş, sportçilar va murabbiylar uçun barça şart-şaroitlarni yaratib beriş lozimligi ta'kidlab ötildi.