Magnit-rezonans tomografiyasi (MRT) uslubi ixtiroçilaridan biri va tibbiyot böyiça Nobel mukofoti laureati britaniyalik Piter Mensfild 83 yoşida vafot etdi, deb xabar bermoqda olim işlagan Nottingem universiteti.
Organizm içiga kirmay turib içki organlar tasvirini oliş borasidagi tadqiqotlar zamonaviy tibbiyotdagi eng ilğor sohalardan biridir.
Mensfild va amerikalik tadqiqotçi Pol Loterburg uşbu texnologiyani örganiş va yaxşilaş maqsadida bir-birini töldiruvçi tadqiqot va tajribalar ötkazişgan. Ularga ixtiro uçun Nobel mukofoti 2003 yilda topşirilgan.
Mensfild öz vaqtida maktab imtihonlarini topşira olmagan hamda 15 yoşidan boşlab bosmaxonada mehnat qilgan, söngra armiyaga jönagan. Yigit armiyada raketa quriş sohasi bilan qiziqib qolib, kerakli imtihonlarni topşirgan va Londondagi kollejga öqişga kirgan. Uni tugatgaç esa yadro magnit-rezonansi muammolari haqida ilmiy iş yozgan.

















