AQŞ prezidenti Donald Tramp Rossiya bilan tuzilgan Strategik hujum qurollari (ŞQ)ni qisqartiriş şartnomasini tanqid qilgan. Amerikaning öz nomini oşkor qilmagan ikki mulozimining sözlariga köra, AQŞ prezidenti Donald Tramp RF prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali ötkazgan ilk suhbatida bu bitimni AQŞ uçun muvaffaqiyatsiz kelişuv deb atagan. Bu haqda “Reyter” agentligi xabar qilmoqda. 

Telefon suhbati tafsilotlaridan xabardor ikki mulozim va bir sobiq mulozimning ta'kidlaşiça, Rossiya yetakçisi ŞQ mavzusi haqida söz oçgan, şundan söng, Tramp biroz tin olgan va maslahatçilaridan bu qanaqa bitim ekanini söragan. 

Manbalarning sözlariga köra, Tramp Putinga bu şartnoma AQŞning sobiq prezidenti Barak Obama ma'muriyatining muvaffaqiyatsiz bitimlaridan biri ekanini aytgan. Çunki, Trampning fikriça, şartnoma Rossiya foydasiga imzolangan. 

Oq uy ma'muriyati hozirça, uşbu xabarga izoh berganiça yöq. 

Umuman, 28 yanvar kungi ikki davlat rahbarlarining suhbatida ŞQ mavzusi muhokama qilinganini Kreml hamda Oq uy ma'muriyatlari rasman e'lon qilmagan edi. 

2010 yili Rossiya va AQŞ Strategik hujum qurollari (ŞQ)ni qisqartiriş böyiça şartnomani imzolagan edi. 2011 yilda kuçga kirgan bitim jangovar safda turgan strategik taşuvçi qurollarni ikki tomonda 700 birlikkaça kamaytiriş va ularda 1550 yadro kallagini saqlaşni közda tutadi. 

Keyinroq, AQŞ prezidenti Barak Obama ikki mamlakat qurollarini yanada qisqartiriş taklifini ilgari surdi, biroq Moskva AQŞning RQM tizimini rivojlantirayotgani hamda boşqa hal qilinmagan masalalarni rökaç qilgan holda buni rad etdi.