Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiya rahbari Rajab Toyib Erdöğan bilan telefon muloqoti ötkazdi. Kreml matbuot xizmati xabariga köra, tomonlar Suriyadagi vaziyat masalasi xususida gaplaşişgan.

«Bugun Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Turkiya respublikasi rahbari Rajab Toyib Erdöğan örtasida telefon muloqoti ötkazildi. Davlat rahbarlari xalqaro terrorizmga qarşi kuraş masalasida fikr almaşişdi», deyilgan xabarda.

«Suriyada IŞID va boşqa terroristik guruhlarga qarşi harbiy harakatlarni muvofiqlikda olib borişga va'dalaşildi», — deyilgan rasmiy xabarda.

Qayd etilişiça, tomonlar Suriyadagi harbiy nizolarni hal etişda Ostona va Jyenevada ötkazilgan muzokaralarning amalda bajarilişi böyiça faol harakat qilişga tayyorligini ma'lum qilgan.

Putin muloqot davomida Erdöğanga Al-Bob hududidagi harbiy harakatlar vaqtida turkiyalik askarlar halok bölişi bilan boğliq vaziyat yuzasidan hamdardlik bildirgan.

Bundan oldinroq, Turkiya boş ştabi IŞIDga qarşi harbiy harakatlar doirasida, Suriyaning Al-Bob şahri yaqinida 4 nafar turkiyalik harbiy halok bölgani va 15 nafari jarohatlangan haqida ma'lum qilgandi.