Favqulodda vaziyatlar vazirligi respublika hududida havo haroratining keskin pasayishi, ko‘p miqdorda qor yog‘ishi va yo‘llarda muzlamalar hosil bo‘lishi munosabati bilan tezkor xabarnoma chiqardi. 

Unda noqulay ob-havo tufayli quyidagi ehtiyot choralarini ko‘rish so‘ralgan:

-  xonadonlarni isitishda pechlar va boshqa isitish uskunalarining sozligiga e'tibor qarating;

-  mo‘rikonlarni tozaligi va to‘g‘ri o‘rnatilishini qat'iy nazoratga oling;

-   gaz plitalardan xonani isitish maqsadida foydalanmang;

-  ko‘chaga chiqqanda mavsumga mos ravishda kiyining;

-  muzlama hosil bo‘lgan yo‘laklar va hududlardan imkon qadar harakatlanmaslik choralarini ko‘ring; 

-  yo‘llarda avtotransport vositalarini boshqarishda ehtiyot choralarini ko‘ring;

-  bino va inshootlar tom va tarnov qismlarida sumalak hosil bo‘ladigan joylardan ehtiyot bo‘ling.