Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev aprel oyining dastlabki ön kunligida Rossiyaga taşrif buyurişi kutilmoqda. Bu haqda RIA Novosti agentligi ayni vaqtda Toşkentda bölib turgan rossiyaliklar delegatsiyasiga asoslanib ma'lumot bergan.
«Özbekiston prezidentining Moskvaga taşrifi aprel oyining birinçi dekadasiga möljallanmoqda. Taxminan bu taşrif 5 aprel kuni amalga oşiriladi, ammo bu ma'lumot hali rasman tasdiqlanmadi», — degan manba.
Uning qayd etişiça, hukumatlararo komissiya majlisi 15 fevral kuni bölib ötadi va unda Mirziyoyevning Rossiyaga taşrifiga tayyorgarlik köriş masalalari köriladi.
Şavkat Mirziyoyev Moskvada Vladimir Putin bilan muzokaralar ötkazişdan taşqari, Davlat dumasi vakillari bilan ham uçraşadi.
Eslatib ötamiz, joriy yilning birinçi yarmida Nursulton Nazarboyevning taklifi bilan Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Qozoğistonga safar qilişi ham rejalaştirilgan.

















