Özbekiston-Rossiya hukumatlararo komissiya yiğilişida boş vaziri örinbosari Rustam Azimov Özbekiston va "Rostex" davlat korporatsiyasi fuqarolik yönalişi böyiça sanoatning yuqori texnologiya sohalarida hamkorlik qiliş töğrisida memorandum imzolaş rejalaştirilayotganini ma'lum qildi.
"Kun" muxbirining xabar qilişiça, mazkur hujjatda Özbekistonda metallni qayta işlaş stanoklari, uskunalar va texnologik jihozlarni keng turda işlab çiqariş böyiça tomonlar hamkorligi közda tutilgan.
Zamonaviy tibbiyot uskunalari, şu jumladan kardiologik skrining tizimi, neonatal qurilmalar, çaqaloqlar uçun inkubatorlar, ingalyatsiya texnikasi, turli vaksina va dori preparatlarini işlab çiqarişga alohida e'tibor qaratiş rejalaştirilganligi ta'kidlandi.
"Işonçim komilki, bu loyihalarning amalga oşirilişi mamlakatlar örtasidagi hamkorlikni yanada kengaytiradi.
Özbekiston "Rostex" davlat korporatsiyasidan özaro loyihalarni moliyalaştiriş va Rossiya moliya taşkilotlari — "Rossiya eksport markazi" va uning tarkibiga kiruvçi "Eskar" aksionerlik jamiyati (AJ) va "Roseksimbank" AJning mablağlari jalb etiladigan şartnomalar borasida aniq takliflarni kutadi", — dedi Rustam Azimov.

















