15:44 / 17.02.2017
7818

Avstraliya bosh vaziri Trampni dengizdan noliydigan dengizchiga o‘xshatdi

© AP Photo

Avstraliya bosh vaziri Malkolm Tyornbull aytib o‘tdiki, AQSh prezidenti Donald Tramp OAVni tanqid qilishga ortiqcha vaqt sarflamoqda. U bu fikrini ayta turib, Uinston Cherchilldan iqtibos keltirgan.

Tramp keyingi vaqtlarda OAVni yolg‘on xabarlar tarqatishda ayblab, "muxolifat partiya" sifatida aytib keladi.

Tyornbull Trampni OAV bilan ko‘zbo‘yamachilik qilishni to‘xtatishga chaqirgan.

"Buyuk siyosatchi Uinston Cherchill bir marta aytgandiki, gazetalardan shikoyat qiluvchi siyosatchilar, dengizda turib, dengizdan noliydigan no‘noq dengizchidir", deya vazirning so‘zlarini keltirgan Reyter agentligi.

Bundan oldinroq, Amerika nashrlari Tramp Tyornbull bilan telefon muloqotida suhbatdoshini mensimagani haqida yozgandi. Sky News telekanali ma'lumotiga ko‘ra, Tramp hatto avstraliyaliklar bosh vaziriga qichqirgan. Aytilishicha, Tramp jahli chiqqanidan keyin, suhbat boshlanganiga 25 daqiqa bo‘lganida go‘shakni qo‘yib qo‘ygan. Holbuki, rejaga ko‘ra suhbat bir soat davom etishi kerak edi.

Keyinroq Tyornbull Tramp bilan muloqoti jamoatchilikka oshkor bo‘lganidan norozilik bildirdi. U ushbu suhbat "ko‘ngildagidek kechgani"ni ta'kidladi. Tramp esa unga OAVda yozilganiga qarshi o‘laroq "haqiqatni gapirgani" uchun minnatdorchilik bildirdi.

Top