Irlandiya Qirollik jarrohlik hay'ati mutaxassislarining aniqlaşiça, 4,3 foiz insonlar gallyutsinatsiyadan aziyat çekadi. Tadqiqot natijalari British Journal of Psychiatry jurnalida e'lon qilingan.

Ilmiy iş çoğida 16 yoşdan katta 7403 nafar britaniyalik köngilli sifatida qatnaşgan. Ma'lum bölişiça, ularning 4,3 foizi sönggi bir yilda eşitiş yoki körişga doir gallyutsinatsiyaga duç kelgan. Tadqiqotda ruhiyati buzilganlar bilan birga soğlom kişilar ham qatnaşgan. Bu, gallyutsinatsiya har doim ham ruhiy holatga boğliq emasligini isbotlaydi. 

Şu bilan birga, ta'kidlanişiça, ruhiy xastalikka uçraganlar köproq gallyutsinatsiyani boşidan keçirişi ma'lum bölgan. 

«Gallyutsinatsiya avval öylanganidan kengroq tarqalgani aniqlandi, – deydi tadqiqot mualliflari. – Bu uşbu holatga duç bölgan insonlarga ular yakka emasligini körsatadi va şunday simptomlar ruhiyat buzilişi bilan boğliq emasligini isbotlaydi». 

Bundan taşqari, yangi natija 2015 yilgi xulosaga deyarli mos keladi. Öşanda, 19 mamlakatning 31 ming aholisi orasida ötkazilgan tadqiqotda 5 foiz inson şunday holatga duç kelganliklarini ta'kidlaşgan.