Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot işlarini taşkil etiş, boşqariş va moliyalaştirişni yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori e'lon qilindi.
Unga köra, Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi, Fan va texnologiyalarni rivojlantirişni muvofiqlaştiriş qömitasi, Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining Fanlar akademiyasi Navoiy bölimini taşkil etiş töğrisidagi taklifi qabul qilinadi.
Fanlar akademiyasi Navoiy bölimini saqlaş, şuningdek, uning amaliy va innovatsion tadqiqotlarini amalga oşirişga yönaltirilgan xarajatlari “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasining hisobidan, şu jumladan, tegişli ilmiy-texnologik işlanmalarni joriy etiş natijasida olingan sof foydaning 10 foizi miqdori evaziga qoplanişi belgilangan.
Ilm-fanning ustuvor yönalişlari rivojlanişini ta'minlaş, şuningdek, ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatini samarali muvofiqlaştiriş maqsadida Fanlar akademiyasi boşqaruv apparati tuzilmasida fizika-matematika va texnik fanlar, kimyo-biologiya fanlari, ijtimoiy-gumanitar fanlar böyiça bölimlar taşkil etiladi.
Fanlar akademiyasining Qoraqalpoğiston bölimi raisi, Xorazm Ma'mun akademiyasi raisi va Fanlar akademiyasi Navoiy bölimi raisi öz maqomiga köra Fanlar akademiyasining vitse-prezidentiga tenglaştiriladi.

















