2016 yilda Dubayda quriliş jarayonidayoq xarid qilingan eng qimmat kvartiralarning top-10 reytingi tuzildi. Ma'lum bölişiça, eng qimmatbaho apartamentlar narxi 8 million dollardan oşgan. Arabian Business mazkur  reytingni taqdim etdi. 

Jumeirah Beach Residence (JBR) hududida qurilayotgan 1 / JBR inşootidagi apartament xaridi ötgan yili Dubaydagi quriliş jarayonida imzolangan bitimlar orasida eng qimmatbahosi böldi. 312 kvadrat metrli kvartira 8,08 million dollarga sotilgan. Uning egasi har bir kvadrat fut uçun 2 406 dollar tölagan. 

Şuningdek Dubayda qurilişi tugallanmagan eng qimmat uylar önligi röyxatida Downtown Dubai hududida joylaşgan obektlar köpçilikni taşkil qiladi. 

The Address Residences Dubai Opera (Tower 1)dagi kvartiralar röyxatning ikkinçi, uçinçi va beşinçi örinlarini egalladi. Ularning kvadrati uçun 7.46, 6.99 va 6.73 million dollar sarflangan. 6.79 million dollarlik şartnoma The Address Residence Sky View (Tower 1)da qayd etilgan.  U röyxatning törtinçi poğonasidan örin olgan. Oltinçi pozitsiya esa The 118 apartamentiga berilgan (6.04 million dollar). 

Palm Jumeirah'dagi One loyihasi birinçi önlikdagi sönggi tört örinni band qilgan (5.86, 5.74, 5.64 va 5.45 million dollar).