Jamiyat | 21:19 / 26.02.2017
17891
4 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston hafta ichida: poytaxtda yirik yong‘in, Farg‘onadagi portlash, prezidentning safari, qator tizimlarda o‘zgarishlar

Mana, navbatdagi hafta ham ortda qoldi. O‘tgan kunlar davomida O‘zbekistonning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va ko‘plab sohalarida qator o‘zgarishlar, yangiliklar sodir bo‘ldi.

Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 24 fevral kuni Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurdi.

Shahar hokimiyatlari dori vositalarini chakana sotishni litsenziyalaydi. Shuningdek, Noinsof dorixonalar «qora ro‘yxat»ga kiritiladi.

O‘zbekistonda 10 000 so‘mlik banknot chiqariladi. Markaziy bank mazkur holat yuzasidan qo‘shimcha ma'lumotlar taqdim etdi. Shuningdek, yangi banknotda Islom Karimov surati bo‘lishi haqidagi xabarlar rad etildi. Internetda esa 10 ming so‘mlik banknotlarning soxta dizaynlari paydo bo‘la boshladi.

Andijon viloyati hokimi bilan ochiq suhbat (Video)

Toshkent shahridagi savdo nuqtalari va xizmat ko‘rsatish punktlari 1 martgacha qo‘shimcha 5-6 mingta terminal bilan jihozlanadi, deb ma'lum qildi Toshkent davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i Muzaffar Pardayev.

O‘zbekistonda 2018 yilda UzReport World nomli yangi xalqaro telekanal faoliyat boshlashi rejalashtirilgan. Hukumatdagi manba ma'lumotiga ko‘ra, yangi telekanal UzReport TV telekanali tahririyati bazasida tashkil etiladi.

O‘zbekistonda spays narkotik moddaga tenglashtiriladi.

Pasport berish tizimi modernizatsiya qilinadi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida bojxona hamda axborot sohasida yangi bitim imzolandi.

Shavkat Mirziyoyev geologlar faoliyatidan norozi bo‘ldi.

Jamiyatda

So‘nggi kunlarda O‘zbekiston viloyatlari ma'muriy markazlarida “Damas” rusumli avtomobillarda yo‘lovchilarni tashishni taqiqlash haqida qarorlar qabul qilingani haqida mish-mishlar yuribdi. Shu masalada yuborilgan murojaatlardan birida bunga oydinlik kiritib berish so‘raldi.

2017 yilda qishloqlardagi yangi uylarning narxi qancha bo‘ladi?

«Uchadi, uchmaydi, uchadi, uchmaydi». Dushanbe-Toshkent reysi atrofida nima gaplar?

O‘zbekistonda McDonalds, Burger King va Starbucks paydo bo‘ladi.

Toshkentda yirik yong‘in yuz berdi. Ushbu yong‘in bo‘yicha rasmiy tafsilotlar va talofatlar ma'lum bo‘ldi.

23 fevral kunining ikkinchi yarmida, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahridagi «Farg‘onaazot» korxonasining ammiak sexida ro‘y bergan portlash bo‘yicha navbatdagi xabarlar berildi. Viloyat hokimligi va boshqa aloqador tashkilotlar esa bu haqda aniq ma'lumot taqdim etmagan.

Muammoli vaziyatlar

Ko‘chamisan ko‘cha: O‘zbekiston husnbuzarlariga Stop!

O‘zbekistonda ilmiy daraja olish uchun nechta to‘siqdan "eson-omon" o‘tib olish kerak?..

Toshkentda 150dan ortiq bir asrlik daraxtlar noqonuniy ravishda kesib olib ketildi. Oradan ma'lum bir vaqt o‘tib, mazkur masalaga oydinlik kiritildi.

Zo‘raki vahima: "Motorlarni tezroq berkit, gaz idorasidan tekshiruvchilar keldi"

Samarqand viloyatidagi kommunal qarzdorlik qancha? 1 trln so‘mdan ortiq...

Lavozimiy tayinlovlar

Abdulla Aripov Sog‘liqni saqlash tizimiga mas'ul bo‘ladi.

Toshkent shahri sobiq prokurori shahardagi Xalq qabulxonasiga rahbar bo‘ldi.

Adham Ikromov vazirlikka tayinlanganidan 2 oy o‘tib lavozimni tark etdi. Sog‘liqni saqlash vazirligi uning keyingi faoliyati haqida ma'lumot berdi.

Madaniyat vazirligi hamda Sport qo‘mitasining yangi rahbariyati tanishtirildi

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid