Qishning so‘nggi haftasi voqealarga boy bo‘ldi. Qisqa muddatli inqirozdan so‘ng «Barselona» yana o‘ziga kela boshladi. «Real» ajoyib kambek evaziga, katta qiyinchiliklar bilan bo‘lsada, g‘alaba qozondi, «MYu» Ibrahimovichning xatti-harakatlari natijasi o‘laroq navbatdagi sovrinni qo‘lga kiritdi. Tribuna.Uz uik-endi shu kabi barcha yorqin lahzalarini eslab o‘tadi.

O‘ziga kelayotgan «Barselona» va xarakter ko‘rsatgan «Real»
«PSJ»dan qabul qilib olingan mag‘lubiyatdan keyin o‘ziga kela olmayotgan «Barselona» nihoyat hafta oxirida burilish uchun sabab bo‘la oladigan muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi. «Atletiko» mehmoni bo‘lgan kataloniyaliklar ketma-ket 10-uchrashuvda, Ispaniyadagi ichki musobaqalarda mag‘lubiyatga uchramadi.

Ammo «Real» ham qarab turgani yo‘q. Jamoa «Vilyarreal» uyida 0:2 hisobda ortda bora turib, oxir-oqibat g‘alaba qozonib ketdi. Albatta ikkinchi gol katta savollarni yuzaga keltirib chiqardi. Ko‘pchilik bu vaziyatda hakam noto‘g‘ri penalti belgilanini gapirdi. Ammo Ronaldu bu vaziyatga e'tibor qaratmadi va penaltidan navbatdagi golini kiritib, o‘ziga xos va mos bo‘lgan rekordni o‘rnatdi.

Bu turda shuningdek, «Sevilya» ham