Kollejlarda davomat muammosi: Diplom bor-u iş yöq (2-qism)
|20:33 / 28.02.201752 47212 min
Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasi muxbirlari ta'lim maskanlarida, jumladan, kasb-hunar kollejlarida ta'lim sifati va davomat holatini örgandi. Tayyorlangan material «Kun.uz» saytida ikki qismda berilmoqda.
Diplom bor-u iş yöq
Kasb-hunar egallagan yoşlarning özlari istiqomat qilayotgan hududda aynan egallagan mutaxassisligi böyiça iş topiş imkoniyati ham örganildi. Qayd etiş kerakki, bu masalaning ham oğriqli ekani yaqqol körinib turibdi. Bitiruvçilarni işga joylaştiriş borasida köplab işlar qilinayotgan bölsa-da, ayrim joylarda bu işga xöjakörsin qabilida yondaşilayotgani közga taşlanmoqda. Jumladan, Oqdaryo politexnika kollejida bitiruvçilarning iş bilan ta'minlaniş darajasi 20 foizni taşkil etadi. Hududda mazkur yönalişda mehnat qiliş imkoniyatini beruvçi korxonaning özi yöq.
«Dilorom» MFYga bordim, biron taşkilot bilan şartnoma tuziş imkoni bölmadi. Akam ham şu kollejni bitirgan, ammo köp yillardan buyon işsiz», — deydi mazkur kollejning «Buxgalteriya» yönalişi 3-bosqiç öquvçisi Gulbahor Murodova.
Kollej direktorining işlab çiqariş ta'limi böyiça örinbosari Qahramon Sulaymonovning ma'lumot berişiça, tumandagi «Yagona darça», Agrobank, Xalq banki, Milliy bank, gaz va elektr tarmoqlari singari köplab idoralar rahbarlari tört tomonlama şartnomalar tuzişda turli bahonalarni rökaç qilib kelişmoqda. Jarqörğon qişloq xöjalik kasb-hunar kollejida veterinariya, tikuv va tikuv-trikotaj buyumlari işlab çiqariş, avtomobillarga texnik xizmat körsatiş, payvandlaş hamda fermer xöjaliklari kabi yönalişlarda öqitilsa-da, ammo hududda uşbu yönalişlarning aksariyati uçun iş örinlari mavjud emas. Tuzilgan tört tomonlama şartnomalar ham qoğozda qolib ketmoqda.
Kitob kommunal xöjalik kasb-hunar kollejining Saroy filialini har yili 50-60 nafar öquvçi tamomlaydi, bitiruvçilarning ixtisoslik böyiça işga joylaşiş imkoni esa yöq.
Döstlik sanoat va xizmat körsatiş kasb-hunar kollejida sobiq öquvçilarning iş bilan ta'minlanmagani öquvçilarda ikkilanişni yuzaga keltirayotgani tabiiy.
Öz-özidan savol tuğiladi: hududlarda kollejlarning ixtisoslaşuvi yönalişlar böyiça rejalaştirilayotganda öşa yerda mazkur kasblarga bölgan ehtiyoj qay darajada örganiladi? Talab bölmagan kasb-hunarni örgangan bitiruvçi dodini kimga aytişi kerak?
Mavzuga oid
Çust qişloq xöjaligi kasb-hunar kollejida bevosita bandlik masalasiga taalluqli bir misol: Ötgan öquv yili yakunida 30 nafar bitiruvçi öz biznes ğoyasini örtaga taşlab, tijorat banklariga imtiyozli kredit oliş uçun murojaat qilgan. Sansalorlik, beparvolik, ortiqça qoğozbozlik natijasida faqat bir nafar bitiruvçi 6,5 mln söm kredit olib, öz biznesini yölga qöya olgan, xolos. Ikki nafar bitiruvçi yaqinlarining kömagida yakka tartibdagi tadbirkor sifatida iş boşlagan. Qolganlar-çi?
Xulosa şuki, bu borada bandlik hamda joylarda iş örinlariga bölgan talab masalasida jiddiy monitoring olib borilmayapti.
Hududlarda iqtisodiyotni diversifikatsiya qiliş, istiqbolli sohalarni rivojlantiriş borasida keng kölamli işlar olib borilayapti. Köplab sanoat korxonalari, agrofirmalar faoliyati yölga qöyilmoqda. Kiçik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirişga ham davlat tomonidan alohida e'tibor qaratilmoqda. Bu esa köplab yangi iş örinlari yaratilişiga zamin hozirlayapti. Kasb-hunar kollejlariga yönalişlar yangiliklardan kelib çiqqan holda belgilab berilsa, maqsadga muvofiq bölardi.
Ayrim kollejlarda belgilangan kvota örnidan köproq, boşqalarida esa, aksinça kamroq öquvçi ta'lim olayotgan holatlar ham kuzatildi. Masalan, Çust qişloq xöjalik kasb-hunar kollejida joriy yilda belgilangan 420 kvota örniga 476 nafar öquvçi 1-bosqiçda öqişni boşlagan. Andijon tuman sanoat-energetika kasb-hunar kolleji 720 öringa möljallangan bölsa-da, ayni paytda 1068 nafar öquvçi qatnamoqda.
Qöşrabot iqtisodiyot va servis kasb-hunar kollejida möljaldagi 615 nafar örniga 480 nafar yoki 450 nafar öquvçiga möljallab qurilgan Galaosiyo iqtisodiyot kasb-hunar kollejida 407 nafar öquvçi tahsil olmoqda. Bu holat ham jiddiy öylab köriladigan masala. Çunki, zörma-zörakilik, masalan, 30 örniga 50 öquvçini majburlab öqitiş ta'lim sifatiga salbiy ta'sir körsatadi, bitiruvçilarni iş bilan ta'minlaşda ham ortiqça muammolarga sabab böladi.
«Saroy» peçlari yoxud sovuqqotganida kalla işlaydimi?
Kollejlardagi şaroitlar, xususan, qiş-qirovli kunlarda ulardagi isitişning ahvoli ham nazoratdan çetda qolmadi. Çunki bu holatlar ham bevosita davomatga salbiy ta'sir körsatmoqda. Ya'ni, qiş kunlari ota-onalar farzandining kasal bölib qolişidan çöçib, kollejga yubormaslikni ma'qul körişmoqda.
Misollar. Şovot yengil sanoat kasb-hunar kollejida xonalar sovuq, çunki elektr deyarli bölmagani sababli binoni isitişning iloji yöq. Öqituvçi va öquvçilar qalin kiyimlarda yurişga majbur. Bu esa şamollaş, gripp kabi kasalliklarning tarqalişiga sabab bölib, davomatga ham salbiy ta'sir körsatmoqda. Darvoqe, mavjud kompyuterlar, tikuv dastgohlari elektr yöqligi uçun öqsiz qurolday bekor turibdi.
Kitob kommunal xöjalik kasb-hunar kollejining Saroy filialida ham isitişning holiga, ta'bir joiz bölsa, "maymunlar aza oçgan". Ikki-uçta xona qölbola peç yordamida kömir bilan isitiladi, xolos.
Yangiyöl quriliş va milliy hunarmandçilik kasb-hunar kollejida isitiş tizimi umuman işlamaydi. Bu kabi muammolar Döstlik sanoat va xizmat körsatiş, Karmana sanoat va xizmat körsatiş, Qöşköpir quriliş va transport, Jarqörğon qişloq xöjalik, Xöjayli yengil sanoat, Qöşrabot iqtisodiyot va servis, Galaosiyo iqtisodiyot kasb-hunar kollejlarida ham "mana men deb böy çözib turibdi".
Ayrim kollejlar yonidagi yotoqxonalar bilan tanişilganda ham qator kamçiliklar közga taşlandi. Paxtakor xizmat körsatiş kasb-hunar kollejidagi 50 örinli yotoqxonada 16 nafar öquvçi turadi. Ammo bir qavatli mazkur binoga suv taşqaridan taşib keltiriladi, yuviniş xonalari bor-u, suvning özi yöq. Mirzaobod xizmat körsatiş kasb-hunar kollejining 200 öringa möljallangan yotoqxonasiga 110 nafar bola joylaşgan. Yotoqxonada kanalizatsiya tizimi, issiq va sovuq suv umuman yöq.
Kitoblarni kim öqiydi?
Yana bir gap. Kollejlar kasb-hunar örgatadigan dargohgina emas, balki ma'naviyat maskani ham demakdir. Bu yerda öquvçilar ta'lim oliş barobarida öz ma'naviy olamini, dunyoqaraşini ham boyitib boradi. Bu örinda Axborot-resurs markazlari alohida ahamiyatga ega. Agar ARMlarda kitoblar yetarli bölsa, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanilsa, öqituvçi va öquvçilar saviyasiga ijobiy ta'sir körsatişi, şubhasiz. Xöş, bu borada vaziyat qanday?
Örganilgan kollejlarning aksariyatida ARM faoliyati nisbatan qoniqarli. Viloyat böyiça muxbirning qayd etişiça, Navoiy pedagogika va xizmat körsatiş kolleji kutubxonasi kompyuterlar bilan jihozlangan, internetga ulangan, kitob fondi yaxşi.
Ammo ayrim kollejlardagi ARMlar faoliyati öquvçilar noroziligiga sabab bölmoqda. Jumladan, Paxtakor xizmat körsatiş kasb-hunar kolleji öquvçisi Sarvinoz Rahmonberdiyeva şunday deydi: «Kutubxona faoliyati bizni qoniqtirmayapti. Bizga faqat darsliklar beriladi, badiiy kitoblarni esa, negadir, qizğonişadi. Ustiga ustak, kutubxona aksariyat hollarda berk böladi» .
Kitoblar öquvçilarning foydalanişi uçun emasmi? Aslida, kollejlardagi ARMlar imkoniyatidan nafaqat kollej öqituvçi va öquvçilari, balki öşa hududda istiqomat qilayotgan aholi ham foydalanişi mumkin-ku! Şu bois ARMlarning yopiq turişi açinarli hol. Çust qişloq xöjaligi kasb-hunar kollejidagi ARMning mavjud darsliklar bilan ta'minlaniş darajasi qoniqarli, ammo badiiy adabiyotlar, xususan, yangi alifbodagi kitoblar kam. Umumiy badiiy adabiyot 986 nusxada. ARMdan kollej öquvçilaridan taşqari hududning 2000 ga yaqin aholisi ham foydalanişi möljallangan. Demak, badiiy adabiyotga ehtiyoj qondirilişi uçun izlaniş talab etiladi.
Qörqqan — oldin muşt kötarar
Şu örinda qiziq bir vaziyatga töxtalsak. 14 fevral kuni hududlardagi kollejlar bilan tanişuv jarayonida muxbirlarni kollejlarga kiritmaslik, ularga qöpol muomalada böliş holatlari ham kuzatilgan. Jumladan, Navoiy viloyati böyiça muxbir Dilafröz Örozovaga viloyatdagi «Istiqlol» sanoat kasb-hunar kolleji faoliyati bilan tanişişga imkon berilmay, işlab çiqariş ta'limi ustasi Komil Umarov: «Sizga ruxsat yöq, tezroq çiqib keting», tarzida unga qöpol munosabatda bölgan.
Jizzax viloyati böyiça muxbir Abdumannop Azimovning Jizzax tumani «Ittifoq» ijtimoiy-iqtisodiyot va bank kolleji faoliyati bilan tanişişiga kollej direktori örinbosari Jömard Akbötayev qat'iy ravişda qarşilik qilgan.
«Axborot oliş kafolatlari va erkinligi töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi qonunining 7-moddasida: «Davlat organlari, fuqarolarning özini özi boşqariş organlari, jamoat birlaşmalari, korxonalar, muassasalar, taşkilotlar va mansabdor şaxslar har kimga özining huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor bölgan qonun hujjatlari bilan, şuningdek hujjatlar, qarorlar va boşqa materiallar bilan tanişib çiqiş imkoniyatini yaratib berişga majburdir», deya mustahkamlab qöyilganidan kollej mutasaddilari bexabarmi?
Uşbu kollejlarda muammo va kamçiliklar yetarli va bu holat ma'muriyat tomonidan zör berib xaspöşlaşga urinilmoqda. Buni boşqaça izohlab bölmaydi.
Farzand, öquvçi, fuqaro…
Farzand ota-onaning bebaho boyligi, uning kelajagi, tarbiyasi, hayotda örnini topişida ota-ona kamarbasta, duogöy va eng birinçi mas'ul ham.
Öşa farzand ta'lim maskanining öquvçisi, uning ta'lim olişi, jamiyat uçun kerakli inson bölib voyaga yetişida ma'rifat öçoğining javobgarligi, roli, ahamiyati beqiyos.
Öşa farzand va öquvçi fuqaro hamdir. Uning jamiyatdagi iştiroki qay yösinda şakllanyapti, ertangi kuni qanday bölişi mumkin, degan savolga jamiyat va davlat, yoinki davlat va jamoat taşkilotlari mas'ul. Demak, har bir bolaning istiqbolida hammaning öz örni, mas'uliyati bor.
Davomatning tagzaminida, eng avvalo, beparvolik yotibdi. Aks holda, ism-familiyasi kollej röyxatida bor tolibi ilmlarning qay bir yurtlarda yurganini qanday tuşuniş mumkin? Ular özi aslida nima bilan bandlar? Bunga aniq-tiniq javob ham yöq.
Şu örinda quyidagi faktlarga e'tibor qaratilsa: 2017 yil 14-15 fevral kunlari muxbirlar tomonidan örganilgan kollejlarda 10600 nafardan ortiq öquvçidan 2300 nafardan ziyodi darslarga qatnaşmagan. Ular orasida Rossiya Federatsiyasi va Qozoğistonda yurganlar ham bor.
Jarqörğon qişloq xöjalik kasb-hunar kolleji ma'muriyati ma'lumotlariga köra, muntazam kelmaydigan 25 nafar öquvçining biri Rossiyada, 7 nafari Toşkent şahrida. Kogon qişloq xöjaligi va xizmat körsatiş, Andijon tuman sanoat-energetika, Galaosiyo iqtisodiyot, Xonqa pedagogika va sport, Çiroqçi tuman quriliş kasb-hunar kollejlari öquvçilari orasida ham Rossiya va Qozoğistonda yurganlar mavjud…
Oila a'zolari moddiy yetişmovçilikni bahona qilib, farzandimni işlaşga yuborganman, deb tursa, kollej mas'uliyatni ota-onaga yuklasa, mahalla köra bila turib, körmaslikka olsa…
Xulosa örnida…
Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili munosabati bilan davlat va jamoat taşkilotlari, jumladan, kasaba uyuşma taşkilotlari, xotin-qizlar qömitasi, «Mahalla» jamoat fondi, «Nuroniy» jamğarmasi, «Kamolot» yoşlar ijtimoiy harakati olis hududlardagi xonadonlarda bölib, muloqotlar olib boriş asnosida ijtimoiy obektlar, çunonçi, kasb-hunar kollejlari faoliyati bilan yaqindan tanişmoqdalar. Aniqlangan kamçiliklarni hal etiş borasida tizimli çora-tadbirlar ham işlab çiqilmoqda.
Haqiqat şuki, ta'lim olayotgan öquvçilar barçaning farzandlari, ular taqdiriga, kelajagiga befarq bölişga heç kimning haqqi yöq.