Jahon | 07:57 / 01.03.2017
3040
1 daqiqa o‘qiladi

Boliviyada avtobuslar ishtirokidagi avtohalokatlar oqibatida 23 kishi halok bo‘ldi

Boliviya g‘arbida avtobuslar ishtirokida yuz bergan ikkita yo‘l-transport hodisasi oqibatida umumiy hisobda 23 kishi halok bo‘ldi va 20 dan ko‘proq odam jarohat oldi. Bu haqda EFE axborot agentligi xabar bermoqda.  

Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, birinchi YTH La-Pas shahridan shimolga tomon 150 km uzoqlikda yuz bergan. Bu yerda yo‘lovchi avtobusi jarlikka tushib ketishi oqibatida 17 kishi halok bo‘lgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, YTHga tezlikning oshirilishi sabab bo‘lgan. 

Inkisivi viloyatida yana bir avtobus qiyalikdan tushib ketgan. Buning oqibatida 6 kishi halok bo‘lgan, 23 kishi jarohat olgan.

Mamlakatda yo‘llar yomonligi va yo‘l harakati qoidalariga amal qilinmasligi sababli har yili YTHlarda o‘rtacha ming kishi halok bo‘ladi, 40 ming kishi jarohat oladi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid