Xitoy jahon hamjamiyatidan uyğur mutaassiblariga qarşi kuraşda yordam söradi. Xitoy TIV rahbari 1 mart kuni şunday bayonot bilan çiqqan.

«Biz Şarqiy Turkistondagi qurolli otryadlar Xitoy xavfsizligi uçun xavf tuğdirayotgani haqida ilk marta gapirmayapmiz. Biz turkistonlik ayirmaçilarga qarşi kuraşda xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlik qilişni istaymiz», — degan TIV vakili Gen Şuan.

IŞID tomonidan uyğur jangarilari qay tariqa harbiy tayyorgarlik körayotgani tasvirlangan videoni namoyiş etgaç, Xitoy hukumati yangi aksilterror çoralarni e'lon qildi. IŞIDning Iroqdagi bölimi bir yarim soatlik video tayyorlagan, unda uyğur jangarilarining harbiy maşğulotlari tasvirlangan, şuningdek, Şinjon-Uyğur muxtor hududi manzaralari keltirilgandi.

Rasmiy Pekin Suriya va Iroqqa IŞID safida jang qiliş uçun ketgan uyğurlarning Xitoyga qaytişidan xavfsiramoqda. Ötgan vaqtlar içida Xitoyning ğarbida uyğurlar va xanlar örtasidagi nizolar tufayli minglab kişilar halok bölgan. Hukumat bu töqnaşuvlar uçun IŞIDni ayblagan.

Şinjon-Uyğur muxtor hududida mustaqil Şarqiy Turkiston davlatini tuzişni rejalaştirgan radikal kuçlar harakatlanadi. 1990 yildan buyon Pekin bu kuçlarga qarşi kuraş olib boradi, bu ziddiyat tufayli bir neça yuz kişi halok bölgan.

Uyğurlarning köpçilik qismi hukumatning zuğumlaridan şikoyat qilib keladi. Xitoyda uyğurlar armiya xizmatiga çaqirilmaydi va politsiyada işlaşiga imkon berilmaydi. Uyğurlar Şinjon-Uyğur muxtor hududi aholisining 72 foizini taşkil qiladi, bu hududda xanlar uluşi 26 foizga yaqinni taşkil qiladi.