Uçraşuvda Özbekiston va Xitoyning köp qirrali hamkorligini yanada kengaytiriş, şu jumladan Özbekiston hududlari va ŞUAR örtasidagi amaliy aloqalarni rivojlantirişning ustuvor yönalişlari körib çiqildi. 

Özbekiston-Xitoy döstlik va barça şaroitda strategik şeriklik munosabatlaridagi bugungi yuksak daraja katta mamnuniyat bilan qayd etildi. 

Qayd qilinişiça, Özbekistonning Xitoy bilan tovar ayirboşlaş hajmining qariyb 10 foizi ŞUAR hissasiga töğri keladi. 

ŞUAR yetakçi kompaniyalari bilan hamkorlikdagi investitsiya loyihalari portfeli 3,5 milliard dollarni taşkil etib, bugungi kunda “yaşil” energetika va elektrotexnika, quriliş tarmoği va yangi turdagi quriliş materiallarini işlab çiqariş, metallurgiya, infratuzilmani modernizatsiya qiliş va boşqa yönalişlarni qamrab oladi. 

Davlat rahbari ŞUAR bilan özaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantiriş va qöşma loyihalarni jadallaştiriş muhimligini ta’kidladi. Innovatsion texnologiyalar, qişloq va suv xöjaligi, transport va logistika, bank-moliya sohasi, ta’lim, an’anaviy tibbiyot kabi bir qator ustuvor yönalişlar körsatib ötildi. 

Özbekiston har yili Urumçi şahrida ötkazib kelinayotgan «Ekspo Xitoy - Yevroosiyo» körgazmasida faol iştirok etişi qayd etildi. 

Uçraşuvda gumanitar va turizm aloqalarini rivojlantiriş masalalari ham atrofliça muhokama qilindi. 

«Özbekiston — Qirğiziston — Xitoy» temir yölini quriş loyihasini ilgari surişga alohida e’tibor qaratildi.