AQŞ Harbiy-havo kuçlari generali Tod Uolters Rossiya qurolli kuçlari va NATO samolyotlarining 10 fevralda 4 marta xavfli yaqinlaşganliklari haqida sözlab berdi. Bu haqda Defense News portali xabar bermoqda.
Generalning aytişiça, şulardan uçta hodisa Su-24 qiruvçi samolyoti va yana biri Il-38 samolyoti bilan yuz bergan. Uolters bu hodisalarni bir-biri bilan boğlanmagan hodisalar sifatida ta'riflagan. Uning aytişiça, öşa kundan keyin bunday holatlar kuzatilmagan.
Uoltersning fikriça, samolyotlarning yaqinlaşişi ularni boşqarişdagi xatolik hamda "özining xatti-harakatini ifodalaş" sifatida ham yuz beradi. Amerikalik generalning qöşimça qilişiça, AQŞ harbiy-havo kuçlari bunday hodisalar haqida Rossiya tomondan ma'lumot olişga urinib keladi, biroq ba'zida kutganidek yoki umuman heç qanday javobni olmaydi.
Biroq şu bilan birga Uoltersning ta'kidlaşiça, oxirgi yarim yil içida bunday hodisalar borgan sari kamroq uçramoqda.

















