Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari Tuva Respublikasidagi Ak-Dovurak şahridagi 5 qavatli uydagi xonadonlardan biridagi yonğinni öçiriş vaqtida xonadon va kiriş yölagida 4 kişining jasadini topişdi. Qurbonlardan ikki nafari kiçik yoşli bolalar bölgan, deb xabar berdi 4 mart kuni Tuva tergov qömitasi tergov boşqarmasining rasmiy vakili Alla Nursat.

"Dastlabki tergov harakatlari bilan 2017 yil 4 mart kuni Ak-Dovurak şahridagi uylardan biridagi xonadonda yaşaş joyi böyiça 35 yoşli er-xotinning köplab piçoq jarohatlari körinişidagi zöravonlik bilan öldiriş alomatlari bölgan jasadlari aniqlangan. Bundan taşqari, vannaxonada suvga çöktiriş alomatlari bilan juftlikning 4 va 6 yoşli farzandlarining jasadlari topilgan", deb ma'lum qildi Nursat.  

Uşbu holat yuzasidan tergovçilar "Ikki yoki undan köproq şaxsning qotilligi" moddasi bilan jinoiy iş qözğatişgan. Voqea joyida içki işlar vazirligi va tergov qömitasi tergovçilari  iş olib bormoqdalar.